‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

3.5. Boshqaruv konsepsiyalari
B oshqaruvning empirik ta’limoti.
Bu ta’limot nazariyasi 
asosida firma, tashkilotlar bilan aniq boshqaruv tajribasi negizida 
menejment usulini takomillashtirish, o ‘rganish va uni keyinchalik 
tarqatish yotadi. Bundan ta’limotning nomi kelib chiqadi — empirik 
(empiric — tajriba). Lining vakillari 
E.Peterson, G.Saymon,
P.Druker, R.Devis, A.Chandler, E.Deyl 
va boshqa olimlardir. 
Empirik ta’limotning dunyoga kelishida ilmiy menejment va 
inson munosabatlari ta ’limotining bir qator qoidalarini yetarli 
darajada ishlatilishi sabab bo‘ldi. Empirik ta ’limotning tarafdorlari 
nazariy tamoyillarning ahamiyatini inkor qilmagan holda eng 
muhimi boshqaruv tajribasining bevosita tahlili deb hisobladilar. 
Boshqaruvni o ‘rgatishning maxsus usullari boshqaruvning konkret 
vaziyatlari asosida ishlab chiqilgan edi. Bu kabi tahlil, ularning 
fikricha, ushbu vaziyatga to ‘g ‘ri keladi. Empirik ta’limot firma 
ichidagi menejment amaliyotiga o‘zining salbiy ulushini qo‘shdi. U 
boshqaruv tarkibiga vazifaviy xizmatlami tashkil etishda, muntazam 
xizmatlarda, texnik va axborot ta’limi tizimlarida va boshqalarda 
qimmatli tavsifnom alar berdi. Menejerlarni samarali o‘qitish usuli 
bo‘yicha katta izlanishlar olib borildi, amaliyotga esa yangiliklar 
kiritildi. Misol sifatida «Jeneral Motors» firmasining prezidenti 
boMgan 
A.Sloun 
tomonidan tashkil qilingan maxsus menejerlar 
tayyorlash Markazini keltirish mumkin. 0 ‘z asoschisining nomi 
bilan ataluvchi «Sloun ta’limi» hozirgi davrda dunyoga mashhur 
boshqaruv xodimlarini tayyorlovchi markaz hisoblanadi.
Empirik ta ’limot vakillari bir qator muammolarni oldinga 
surishdi, so‘ng 1970-80-yillardaular dolzarb boMib qoldi. Shulardan 
quyidagilami keltirish mumkin:
1. 
Ta’lim maskani boshqaruvni markazlashtirish va nomar- 
kazlashtirish masalasiga salmoqli diqqat-e’tibor qaratdi.
52


2. Maqsadli boshqaruv joriy etilishida hamkorlik qildi.
3. Empirik ta ’limot boshqaruv vazifasini turkumlash muammosi, 
rahbar xodimlar mehnatini tashkil qilish bilan shug‘ullangan.
Empirik ta ’limot izlanuvchilari menejmentni kasblantirishni, 
ya’ni boshqaruv mehnatini muhim va alohida kasbga aylantirishni 
tasdiqlab keldilar. Kasbiy boshqaruvning birinchi xususiyati —
menejerni barcha mavjud resurslardan bir butunlik yaratishdan va 
foydalanishdan iboratdir. Ikkinchi xususiyati — bu qaror qabul 
qilishda m o‘ljalni tashkilotning kelajagiga qaratishdir.
«Menejment» tushunchasi em pirik ta’limot vakillarining 
izlanishlarida ikkita ma’noda ko‘rib chiqiladi: keng va tor m a’noda. 
Keng m a’noda, ijtimoiy nuqtai nazardan menejment bu texnika yoki 
insonga xos moyillikni taraqqiy toptirish va guruhni shakllantirish 
usulidir. Guruh qanday boMishiga qaramay, u o ‘zining xususiy 
menejmentiga ega bo‘lishi kerak. Bu ta ’limotga asos soluvchilar 
E.Peterson va E.Ploumenning fikriga k o ‘ra, menejmentni q o ‘l 
ostidagilarga rahbarlik qilishdagi va u orqali insonning asosiy 
intilishini qoniqtiradigan jarayon deb bilish mumkin. M enejment 
rahbarlikni hukumatni o ‘ziga qabul qilish bilan, vazifalarni 
taqsimlash va ushbu tashkilotdagi odamlarini barcha xatti-harakati 
haqidagi hisobotni o ‘matilishi bilan qabul qiladi.

Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin