IV BOB. M ENEJM ENT FUNKSIYALARI, USLUBLARI
VA TEXNOLOGIYALARI
4.1. Menejmentning asosiy funksiyalari
Menejment bozor x o ‘jalik tizimining rivojlanish qonunlari bi
lan tartibga solinadi va o ‘zgaradigan bozor sharoitlariga korxonan
ing ishlab chiqarish-sotish faoliyatining moslashishiga qaratiladi.
Boshqarishga jarayon sifatida yondashish
uni bir tizim deb hiso-
blash kerakligini anglatadi. Unda korxona maqsadlariga erishishga
qaratilgan ish, bir m arotabalik harakat emas, balki boshqarish funk
siyalarini shakllantiradigan o‘zaro bog‘liq uzluksiz ish harakatlari
seriyasi tariqasida k o ‘rib chiqiladi.
Bular — rejalashtirish,
tashkil qilish, motivatsiya, rahbarlik,
muvofiqlashtirish, nazorat, kommunikatsiya,
tadqiqot, baholash,
qaror qabul qilish, personalni tanlash,
vakillik, muzokaralar olib
borish, shartnomalar tuzish. Bulaming hammasini korxona rahbari
to ‘liq bajara olishi kerak.
«Funksiya» — lotincha so‘z bo‘lib, biror kimsa yoki narsaning
ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan m a’nolami bildiradi.1
«Vazifa» — bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‘lgan
masala,
erishilishi lozim boMgan, ko‘zda tutilgan maqsad. Yoki
biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal
2 demakdir.
«Funksiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan
torroq m a’noga ega. Zero, funksiya faqat o‘z faoliyat doirasidagi
vazifalarni o ‘z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish
korxona hisobchisining yoki muhandisining
vazifasiga kirmaydi,
chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir.
«Vazifa» esa o ‘z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo‘ lishi mumkin.
Boshqarish funksiyasi deganda. u yoki bu obyektni boshqa
rishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar
majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqa-
Dostları ilə paylaş: