58
4.2. Boshqaruv uslublari va klassifikatsiyasi
Boshqaruv uslubi — bu boshqaruv jarayonida yuzaga
keladigan muammolarni hal qilish usullari, yoMlari majmuidir. Ish
uslubi — bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida
biror-bir organning yoki rahbarning bo‘ysunuvchilarga aniq va
nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuidir.
Menejment uslubi — rahbar shaxsiy sifatlarining to ‘plami,
rahbarning o ‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo‘llari, rahbarning
o ‘ziga bo‘ysunuvchilami amalda bilishidir. Boshqarish uslubi —
ijtimoiy tabaqa, bu boshqaruvdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
ishlab chiqarish, ijtimoiy-texnologik munosabatlami ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshirish shaklining namoyon b o ‘lishidir. Bu
jihatdan uslub natijasi ijtimoiy-texnologik ahamiyatga ega, chunki
rahbar qo‘llagan uslubning tavsifi sezilarli darajada boshqaruv
apparatining samarali ishiga bogMiq.
Menejer firma oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda jarayonli
yondashuvdan tashqari turli yondashuvlami qoMlaydi. Tizimli
yondashuvda rahbarlar tashkilotni o ‘zgaruvchan tashqi muhit
sharoitida turli maqsadlarga erishishga qaratilgan o ‘zaro bogMiq
elementlar to ‘plami — odamlar, struktura, texnologiya — sifatida
qaraydilar. Vaziyatli yondashuv, turli boshqarish uslublarining
loyiqligi konkret holatlarda aniqlanadi, deb taxmin qiladi. Haqiqiy
holatda eng samarali uslub boMib, shart-sharoitlarga maksimal
ravishda mos keladigan uslub namoyon boMadi.
Boshqaruv jarayonida k o ‘pgina turli xil usullar, yondashuvlar
va uslublar qoMlaniladi. Ular menejment funksiyalarini, qaror
qabul qilish uchun zarur boMgan bosqichlar, protseduralar va
operatsiyalarni bajarishni tartibga solish, maqsadga y o ‘naltirish va
samarali tashkil qilish imkoniyatlarini beradi. Ularning hammasini
menejment uslublari deyish mumkin.
Menejment uslublari
deganda,
maqsadlami qo‘yish va ularga erishishda qoMlaniladigan boshqaruv
faoliyatini amalga oshirish qoidalari tushuniladi. Boshqaruv
uslublari tizimi asosini umumilmiy metodologiya tashkil etadi.
Bu metodologiya tizimli, kompleks yondashuvni muammolarni
59
yechishga qaratadi, shuningdek, modellashtirish, tajriba o ‘tkazish,
konkret tarixiy yondashuv, iqtisodiy-matematik va sotsiologik
oMchovlar va boshqa uslublarni qoMlashni ham ko‘zda tutadi.
Tizimli yondashuv
menejmentda boshqaruv muammolarini
tartibga solish uslubi sifatida qoMlaniladi. Uning vositasida
muammolarni turkumlash amalga oshiriladi, yechimlar maqsadi
aniqlanadi, variantlar tanlanadi, muammolar elementlari o ‘zaro
bog‘liqligi, hamda ularning yechimiga ta’sir etuvchi omillar va
sharoitlar belgilanadi.
Kompleks yondashuv
tizimlilikni aniqlashtirishning spetsifik
shakli hisoblanadi, chunki uning asosini boshqaruv muammolarini
ular bilan aloqada va o ‘zaro bog‘liqlikda, ushbu muammolarni
o ‘rganayotgan ko‘pgina fanlarni o‘rganish uslublarini qoMlash bilan
k o ‘rib chiqish tashkil etadi.
Modellashtirish
— tizimning ko‘rinish shakli hisoblanadi
va xususiyatlarini, o‘zaro aloqalarini, funksional va strukturaviy
parametrlarini aks ettiruvchi modellarni qoMIashga asoslanadi.
Boshqaruv muammolarini yechishda o ‘yinlar nazariyasi,
navbatlar nazariyasi, zaxiralarni boshqarish, chiziqli dasturlashtirish,
imitatsion va iqtisodiy tahlil modellari keng qoMlaniladi. Ular
menejmentning yana bir muhim dastagi boMmish
iqtisodiy-
m atem atik uslublarni
qoMlagan holda boshqarishning ko‘p sonli
masalalarini yechish imkonini beradi.
Tajriba o ‘tkazish uslubida tajriba asosida tashkilotning
maqsadlari va vazifalarini yechish uchun foydalanish zarur boMgan
ilmiy asoslangan yangiliklarni aniqlash amalga oshiriladi.
Eksperiment
- bu gipotezalami, yangiliklarni va korxona
boshqaruv tizimidagi o ‘zgarishiarni tekshirish yordamida tayyor-
langan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan uslub asosida
o ‘tkaziladigan ilmiy tajriba hisoblanadi.
Tajriba o‘tkazish tamoyillari: maqsadga y o ‘naltirilganlik;
tajribaning «tozaligi»;
aniqlik; tajriba zonalarini
belgilash;
y o ‘naIishning ilmiy asoslanganligi.
Tajribani uch natija orqali boshqarish mumkin: I . Tekshiri-
60
layotgan yangilikning qabul qilinishi yoki salbiy baholanishi
to ‘g ‘risidagi m a’muriy qaror. 2. Boshqarishning yangi nazariy va
uslubiy tomonlarini izohlash, ilmiy va amaliy asoslab berish.
3.
Ilmiy menejment uslublari tizimini rivojlantirish, ularning ilmiy
asoslanganligini oshirish.
Sotsiologik tadqiqotlar uslubi.
Sotsiologik tadqiqotlar tash
kilot personali ehtiyojlari va qiziqishlari, odamlar va guruhlar o ‘rta-
sidagi o ‘zaro munosabatlar xarakteri, kadrlar tuzilishi natijasida
shakllangan madaniyat turi va tashkilotning boshqa rivojlanish
omillari to‘g ‘risida axborotlarni to ‘plash va qayta ishlash yo‘li bilan
o ‘tkaziladi. Bunga intervyu, anketa o‘tkazish, kuzatish, hujjatlarni
o ‘rganish kabilar kiradi. Yondashuvlar, uslub va usullar aniq yoki
maxsus uslublar deb nomlanadi. Aniq uslublar klassifikatsiyasi:
funksional kichik tizimlami boshqarish uslublari; menejment
funksiyalarini bajarish uslublari; boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uslublari.
Birinchi yo‘nalish tashkilot strukturasi bilan bog‘liq. Ikkinchi
yo‘nalish menejment funksiyalari bilan bogMiq. Uchinchi yo‘nalish
boshqarish jarayonini muammolarni yechish jarayonlari to ‘plami
sifatida tasavvur qilishga asoslanadi. Shunga mos ravishda barcha
uslublar quyidagi guruhlarga boMinadi: muammolarni q o ‘yish uslu
blari, muammolarni yechish uslublari, qabul qilingan qarorlarning
bajarilishini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |