chiqarish jarayonlarini am alga oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan og‘ishlarning
oldi olinadi.
Nazorat
funksiyasining vazifasi ish natijalarini miqdoriy va
sifat jihatdan baholash va hisobga olishdir. Uning asosiy dastaklari
— kuzatish, tekshirish, hisob va tahlil. Nazorat teskari aloqa elementi
sifatida namoyon boMadi. Nazorat ma’lumotlari asosida qabul qilin
gan qarorlarga, rejalarga, norma vanormativlargatuzatishlar kiritiladi.
Motivatsiya
— ishlovchilami keng demokratik asosda
faollashtirish, ulami ko‘z!angan maqsadlarga erishish uchun samarali
m ehnat qilishga undash va jalb qilish maqsadlariga ega. Buning
uchun ishlovchilami turli xil moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishlar
jo riy etiladi, ijodiy salohiyatni namoyon etish va ishlovchilarning
saviyasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratiladi.
Boshqarishni uzluksiz o ‘zaro bog‘liq boshqarish funksiyalari
to ‘plami
sifatida
qarash
jarayonli
yondashishga
taalluqli.
Boshqarishning bu funksiyalari boshqaruvning barcha bo‘g ‘inlarida
va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi
(4.1-chizma).
4 .1 -c h iz m a . B o sh q a rish f u n k ts iy a la r in i am alg a o shirish.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni
tashkil qilish, uni rag‘batlantirish bilan tugaydi. Bu yerda
muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida o ‘z aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos boMgan
umumiy xususiyatlarga ega boMib, boshqaruv apparatining barcha
rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud boMadi. Ularni,
boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish
ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo‘yiga (vertikal),
ham eniga (gorizontal) qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: