‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

1. Jismoniy talablar 
— oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va 
boshqalar.
2. Xavfsizlik talabi —
yaxshi mehnat sharoiti, kelajakka ishonch 
va boshqalar.
3. Ijtimoiy talablarning jamoaga bogMiqligi.
4. Hurmatga b o‘lgan talab. 
Yuqori xizmat darajasiga erishish, 
ishiga baho olish, o ‘ziga diqqat-e’tibomi qaratish va boshqalar.
Hozirgi zamon menejmenti Abraham Maslou tomonidan 
yuqorida ko‘rsatilgan talablarga berilgan baho va shu bilan birga 
taklif qilgan talablarni qondirishni qurol sifatida ishlovchilaming 
unumli faoliyat sharti deb o ‘z qo‘liga oldi. Maslouning fikricha, 
taraqqiy topgan davlatlarda jismoniy talablar va birinchi, ikkinchi, 
uchinchi darajalar kafolatli qondirilgan. Shunday ekan, menejment­
ning vazifasi — insonning ishini shunday tashkil qilish kerakki, 
unda yuqoriroq darajalardagi talablari ham to ‘laligicha qondirilsin. 
Muammo izlanuvchilari bu kabi ish tashkil qilinishida mehnat un- 
umdorligi 5%dan 40%gacha o ‘sishini qayd etishlari mumkin.
Inson resurslari nuqtai nazarining yorqin vakillari sirasiga 
amerikalik olim 
Duglas MakGregor 
(1906-1964) kiradi. Duglas 
MakGregor «inson munosabatlari» maktabining atoqli namoyan- 
dalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimn­
ing o ‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini ino­
batga olib, ikki jildlik «X» va «U» nazariyasini yaratadi.
«X» nazariyasi
muallifning fikri bo‘yicha boshqaruvga
50


an’anaviy yondashuvni — ma’muriy buyruqbozlik jarayonini aks 
ettiradi. Bu nazariyaga ko‘ra, namunaviy yollanm a xodim — tabi- 
atan yalqov boMgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin 
tovlashga urinadi, unda izzattalablik, m as’uliyat sezish, fahm- 
farosat yetishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, 
nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur. 
Duglas MakGregorning fikricha, bu kabi boshqaruv nazariyasiga 
qarama-qarshi 
«U» nazariyasi
turishi kerak. Yollanma ishchilar 
tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimma- 
siga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning 
vazifasi kishilar o ‘z maqsad va manfaatlariga g ‘oyat maqbul tarzda 
erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat boMadi. Kompaniyan- 
ing siyosati va istiqboli esa xodimlaming xulq-atvoriga asoslangan 
holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ish- 
chini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya 
qiladi.
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyot- 
da ular sof ko‘rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli 
mavjudot. U o‘zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini 
mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san’at ekanligi ana shu 
ikki jihatni uyg‘un!ashtiradi. Agar kengroq fikr yuritadigan boMsak, 
unda MakGregorning «U» nazariyasini inson resurslari boshqaru- 
vining nuqtai nazari hamda inson axloqiy ta ’limoti umumiy naz- 
ariy qoidalarining aks etishi deb tushunish mumkin. Bu masalaning 
pirovard natijasi sifatida 1960-yillarda sotsiolog D o n al’d Neyting- 
eylning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: menejerlar iqtisodiy 
masalalaming ustivorligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shunday 
moddiy farovonlik andozalarini bunyod etdiki, ulardan biz hozirgi 
kunda foydalanmoqdamiz. Bulaming hammasiga juda katta boylik- 
lar evaziga erishilgan.
Axloqiy fanlar ta’limotiga 1950-60-yillarda uyg‘ongan 
qiziqish shunchalik ulug‘ ediki, u o‘sha davr boshqaruv tizimining 
deyarli hamma sohasini qamrab olgan edi. Shundan keyin boshqaruv 
ta ’limotida yangi yo‘nalishlar davri keldi. Mana, 20-25 yil o‘tsa
51


ham bu ta ’limot g ‘oyasi, inson munosabatlari ta’limoti kabi yana 
zamonaviy jam iyat ishlab chiqarishning taraqqiyoti, yangi davrda 
ustivorlik holatini egalladi.

Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin