Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

1.
 
natijaga erishuv testlari (bilimlar, ko’nikma va malakalar aniqlanadi; 
ular harakat, yozma va og’zaki testlarga bo’linadi); 
2.
 
intellekt testlari
3.
 
kreativlik (ijodiyot) testlari; 
4.
 
kriterial­oriyentir testlari (mezoniy mo’ljalga yo’naltirilgan); 
5.
 
shaxs testlari; 
6.
 
iste’dod (qobiliyat) testlari; 
7.
 
proyektiv testlar (syujetli testlar, rasm testlari, chizilgan va chizish 
talab qilinadigan testlar); 
8.
 
kognitiv testlar. 
Psixologiya 
fanida 
testlashtirish 
mana 
bu 
ijtimoiy 
tuzilmalarga 
yo’naltiriladi: a) uzluksiz ta’lim tizimiga; b) kasbiy tayyorlash va saralashga; v) 
keng ko’lamli psixologik maslahatga.
Tajriba
(eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq, 
bola, o’spirin, balog’atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq 
tadqiq, qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi 
yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’sishi, favquloddagi 


17 
holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-
tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining 
nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, 
murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini 
tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyektiv tarzda har xil holat va vaziyatlarni 
yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter, xususiyati, his-tuyg’usi, 
qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakalariga e’tibor 
berishi lozim. 
Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. 
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llanadi. Bu 
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan 
foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar 
xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, 
o’zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini 
hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda 
sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, dehqonlar, xodimlar 
va hokazolar)ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar 
tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir 
o’tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada 
esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. 
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) 
shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, 
tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson 
psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash 
mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi 
psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni 
qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio 
o’lchagichlar, 
sekundomer, 
refloksometr, 
xronorefleksometr, 
lyuksmetr, 
anomaloskop, 
taxistoskop, 
audiometr, 
esteziometr, 
elektromiogramma, 
elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. 
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira 
va tafakkurning xususiyatlari emosional
 
hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singarn 
murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar 
(uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar 
(halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. 
Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va 
aqliy toliqish, emosional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir 
bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi. 


18 
Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) 
qismlariga bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki 
holat o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq kilinadi. Tadqikot obyektining 
aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga 
subyektiv ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga hatto, yo’llovchi savollar 
bilan ham yordam bermaslik tajribaning prinsipi hisoblanadi. 
Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish, 
shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malakani, yo’l-yo’riq va usulni 
o’rgatish rejalashtiriladi. Tajriba yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi 
mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga 
mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan 
tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart. 
Tekshirish (nazorat) tajribasida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan 
usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, 
barqarorligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil 
mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish tajribasi orqali tarkib toptiruvchi 
eksperimentning samarasi o’lchanadi. Mazkur tajribada ham tekshiruvchi 
sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish 
prinsipi buziladi. 
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yig’ilgan 
ma’lumotlar, miqdor-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab chiqiladi, 
shuningdek, miqdor tahlili o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar 
yordamida insonning bilish jarayonlari bilan uning individual-tipologik 
xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’siri (korrelyasiyasi) bilish 
jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish 
amalga oshiriladi. So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikaning 
ishonchlilik, aniqlilik darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning 
sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik 
qiymat, miqdorlarni tartibga solish va medianani hisoblash, kvadrat chetga og’ishni 
topish va boshqalar amalga oshiriladi. 
Hozir injener (muhandis) psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson 
psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, 
shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani programmalashtirishni 
nihoyasiga yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar
EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin