22
timsoliga asoslanib, ularning umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar (“ti-
ti” − soat, “pa-pa” − mashina, “ling-ling” − radio, televizor); g) taqlidiy so’zlar
(“vov vov” − it, “mu-mu” − sigir, “ba - ba” − qo’y kabilar).
D.B.Elkonin tajribasida bir yoshu uch oylik Galya uchun “aka” degan
tushuncha (sun’iy bo’lsa-da) ho’l mevalar, konfet, qand, zoldir singari narsalarni
anglatgan. T.Ye.Konnikova tajribasida esa xuddi shu yoshdagi Nonna “kx-kx”
deganda mushuk, soch, mo’ynani atagan. Bu misollarni psixologik nuqtai nazardan
tahlil qilsak, ularda umumpsixologik qonuniyatga va
xossaga mos keluvchi ikkita
xususiyat haqiqatan mavjudligiga ishonch hosil qilamiz, chunki bu voqyelik
metodologik hamda fenomenologik ahamiyat kasb etadi.
Juda
ko’p yirik psixologlar fikriga va kuzatishlarimiz natijalariga ko’ra,
bolaning nutqi ixtiyorsiz birdaniga vujudga kelish xususiyatiga ega bo’lib,
kattalarning mazmunli nutqi ta’sirida “nochor ahvolga tushib” qolib, o’z faolligini
yo’qotadi. Hatto, zarur shart-sharoit yaratilgan taqdirda ham bola o’zining nutq
boyligidan unumli foydalana olmaydi, chunki unda nutqning ichki dasturi mavjud
emas, shu boisdan tasodifiy xususiyatga ega.
Bolada dastlabki faol nutqning shakllanishi muammosi bilan shug’ullangan
F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik ko’p ma’lumotlar to’plagan. Uning
tajribasida tabiiy muloqot paytida bola biror so’zni bir kunda o’zlashtirgan, biroq
sun’iy sharoitda esa 10−11
kun davomida o’sha so’z bildirgan predmetning
timsolini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan. F.I.Fradkinaning ma’lumotiga ko’ra
bolaning nutq boyligi 10
Dostları ilə paylaş: