Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Biografiya
(tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning 
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim 
ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, 
o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu 


19 
bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: 
esdaliklar, xatlar, rasmlar, tasniflar, baholar,
 
magnitofon ovozlari, fotolavhalar, 
hujjatli filmlar, mobil telefon tasvirlari va hokazolar o’rganilayotgan shaxsni 
to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda,
uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda 
yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog’liq 
jarayonlar; she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik 
turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, 
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson 
ongining xossasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy 
xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o’z ifodasini topadi. 
Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining 
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi. 
Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, 
idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida 
namuna vazifasini o’taydi. 
Rivojlanish psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy 
tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinaning kuzatishlari “Ona kun-
daligi” nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida ham 
keng tarqalgan. 
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, L.N.Tolstoy, A. 
M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdalik-
lari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-
tuyg’usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi, mayli, 
layoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to’g’risida ma’lumotlar 
olish mumkin. 
Anketa
metodi. Rivojlanish psixologiyasida keng qo’llanadigan 
metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik 
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi. 
Anketa odatda uch shaklda tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan 
motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchisida esa har bir 
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada 
sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. 
Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari 
va qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini 
aniqlash maqsadida foydalaniladi. 


20 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin