13
tuyg’usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O’quvchining darsdagi holatini
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlanishi,
temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emosional kechinmasining o’zgarishi
to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin yoshlarning sport
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish
xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining harakatini idora qila olishi yuzasidan
materiallar yig’ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish
natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi, imo-
ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar
yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini
kuzatish ularning xarakteri, nutq
faoliyati, his-tuyg’usi, ekstravertivligi yoki introvertivligi, qiziquvchanligi va
ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish
ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo’naltirilganini, tashqi
qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi
g’ayritabiiylikni,
shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni
kuzatib tafakkurning kechishidagi o’zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari,
qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi
ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham
foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki o’rta, maxsus o’rta va oliy ta’lim
tizimidagi yuqori malakali mohir o’qituvchi o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa
chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emosional o’zgarish
haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi za kechishi
haqida ma’lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini sezadi. Natijada
tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda
ro’y berishini kuzatadi.
Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning inson
ruhiyatini o’rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to’plangan.
Introspeksiya yo’nalishining yirik namoyandalari o’zlarini o’zlari kuzatganlar va
to’plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga
harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmaydi va
shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchali katta emas, lekin hozirgi
zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga
zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning
murakkab psixikasi boshqa
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat
metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, mavzusi,
14
o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish
rejalashtiriladi, o’rganilayotgai narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal
qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli
yoshdagi odamlarning tafakkuri,
aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi,
bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi,
Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi:
− Xotira deb nimani aytiladi?
− Xotira idrok qilingan narsa va hodisalarni esda qoldirish, mustahkamlash
hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayondir.
− Xotiraning nerv-fiziologik asoslari nimalardan iborat?
− Xotiraning nerv fiziogik asoslari bosh miya katta yarim sharlari qobig’ida
muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lishi, mustahkamlanishi va keyinchalik
faollashuvidir.
− Xotiraning samaradorligi nimalarga bog’liq?
− Esda olib qolishda harakatning tugallanmaganligiga, shaxsning qiziqishi
va mayllariga,
faoliyatga munosabati, kayfiyati va irodaviy zo’r berishiga,
xarakterologik sifatlariga bog’liq.
− Xotiraning qanday turlari mavjud?
− Harakat, obrazli, so’z-mantiq, emosional, qisqa va uzoq muddatli,
operativ, ixtiyorsiz, ixtiyoriy, produktiv, reproduktiv, faol va sust xotira turlari bor.
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo’lishi shart. Biroq
mashg’ulot sinaluvchilarni toliqtirib qo’ymasligi, ularning yoshiga, saviyasiga,
mutaxassisligiga mutlaqo mos bo’lishi zarur.
Dialog shaklidagi suhbatlar ham o’z ko’lami, mohiyati, mazmuni, shakli,
xususiyati, sur’ati, mavzusi, obyektga yo’nalganligi bilan bir-biridan farqlanadi.
Suhbatning yana bir turiga misol:
− Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi?
− Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz.
− Nechuk, qanday shamol uchirdi?
− Ko’zimdan o’taverding, o’taverding, keyin yo’lga otlandim.
− Qiynalmasdan yetib keldingizmi?
− Aytarli qiynalmadim. Avval avtobusga, so’ng tramvayga o’tirdim,
lekin
metroga tushgim kelmadi.
Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim
zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so’zlar, «g’aliz» iboralar, nutqning tezligi,
fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek,
savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi,
15
oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni
qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: