10
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat
bo’lib, bu guruhga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, labo-
ratoriya), test, anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat, intervyu,
faoliyat jarayoni va
uning mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush
faoliyati voqyealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz
(aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda
tug’ilganidan umrining oxirigacha sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni
chuqurroq va obyektivroq tadqiq etish uchun empirik
metodlardan navbati bilan
foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga
mo’ljallangan bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga
bo’linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko’pincha quyidagi statistik
metodlardan foydalaniladi.
To’plangan miqdorlarni ishlab chiqishda mana bu formulalarni qo’llash
mumkin:
1
).
M ═ υ ∕ n
formulasi o’rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi.
M
—yig’indi, υ
—
variasion miqdor, n
— sinaluvchilar yoki obyektlarning
sanog’ini bildiradi.
2)
Dostları ilə paylaş: