Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Yosh psixologiyasi — inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Yosh psixologiyasi — inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va 
xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to’g’risidagi fandir. 
Yosh psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi 
qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik 
faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini 
aniqlashdan iboratdir. 
Rivojlanish psixologiyasi ana shu vazifani hal etish bilan amaliy 
maqsadlarni ro’yobga chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga 
yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, 
millatlararo 
munosabatlarni 
yaxshilashga, 
shaxslararo 
muloqotni 
to’g’ri 
yo’naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko’rish 
sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini 
olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini 
insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi 
vazifalarni hal qilib bo’lmaydi. 



Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX 
asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon 
madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida 
jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning 
juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sosiogenetik (K.Levin), 
bixevioristik 
(E.Torndayk), 
psixoanalitik 
(3.Freyd) 
nazariyalaridir. 
Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham 
juda ko’p. Ular to’g’risida keyingi sahifalarda batafsil to’xtalgan. 
Ilmiy 
psixologik 
adabiyotlar, 
empirik 
ma’lumotlar 
rivojlanish 
psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar 
sabab bo’lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz. 
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgai evolyusiya g’oyasining (Ch.Darvin) 
inson psixikasining rivojlanishi jarayonida o’rganish zarurligi. 
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti-
harakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o’sishiga biror faoliyatning 
ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish. 
3.Rivojlanish psixologiyasi insonning (tug’ilganidan umrining oxirigacha) 
kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani. 
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab 
o’quvchilari, o’rta va oliy o’quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar
qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab 
chiqarish, ijtimoiy-ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar, 
yordamchi maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, 
shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani. 
5.Tibbiyot 
fani 
va 
uning 
tarmoqlari 
rivojlanishi, 
psixiatriya, 
psixonevrologiya, psixogigiyena, sangigiyena, bolalar va kattalar patologiyasi
neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo’yicha kompleks 
tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, medisina, sosiologiya 
fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integrasiyaning 
amalga oshishi. 
6.Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy 
hayotimizda 
sezilarli 
o’rin 
egallayotgani 
hamda 
yoshlar 
o’rtasida 
qonunbuzarlikning davom etayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, 
penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan 
qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari). 
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning 
har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o’z o’rnini topayotgani (psixologik 
konsultasiyalar, maslahatlar, auto va sosial treninglar, ishbilarmonlik o’yinlari, art 
va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 



8.Psixologiya fani sohalarining inson rivojlanishidagi o’zgarishlarga doir, 
bilimlarga ehtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, 
muhandislik, ijod, aviasiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar 
zarurligi). 
9.Ekologiya 
muammolari, 
zoopsixologiya 
va 
etologiya 
vazifalari, 
millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g’oyalarini turmush 
tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy 
psixologiya, shaxs psixologiyasi, etnik psixologiya va hokazolar). 
10.Moddiy ishlab chiqarishni ko’paytirish, sanoatda va qishloq xo’jaligida 
kishilarning haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini uyg’otish, aqliy va jismoniy 
imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson — inson, 
inson — texnika, yer — inson, inson — iqlim munosabatlarini izchil o’rganish
zarurligi. 
11.Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila 
yaratish, yoshlarni turmushga tayyorlash, o’z joniga qasd qilish hollarini bartaraf 
etish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini takomillashtirish 
vazifalari. 
12.Inson uzoq umr ko’rishining sirlarini — gerantopsixologik qonuniyatlarni 
ochish va targ’ib qilish, davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik 
bilimlardan o’z o’rnida foydalanish, uzoq umr ko’rishga zamin tayyorlash, 
qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda 
bo’lish kerakligi rivojlanish psixologiyasini rivojlantirishni taqozo etmoqda. 
Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o’zgarishi, 
vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol 
topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan 
unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo’lib qoldi. Xalq 
ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq 
xo’jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining 
rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-
zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir 
bo’lishini, keksayishning xususiyatlari va o’ziga xos jihatlarini bilishga 
qiziqmoqdalar. Shunday ekan, tarbiya tizimida va ishlab chiqarishda psixologiya 
bo’yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo’qotish uchun bolalar ruhiyatidan 
qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi 
davrimizning muhim talabidir. 
Endilikda insonni aks ettirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, 
odamning bosh miya yarim sharlari po’stidan haqiqiy jism, obraz (timsol) sifatida 
ro’yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o’zgarishini va bu o’zgarish 
kishining ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning 



psixika tashqi dunyoni in’ikos ettiradi, degan ta’rifining o’zi yetarli emas. Mazkur 
hodisaning chuqurligini — aks ettirish jarayonini genetik metod bilan o’rganish 
orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai 
nazaridan yondashish ijobiy natija sari yetaklaydi. 
Ma’lumki, go’daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr 
yuritishgacha o’tadigan davr nisbatan uzundir. Endigina tug’ilgan chaqaloq ham 
dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-muhitni aks ettirishga 
kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga 
keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. 
Bunday holat o’ta murakkab hissiy biliщdan mantiqiy tafakkurga o’tish jarayoni 
bosqichini tadqiq etish imkonini beradi. 
Hozirgi psixologiya fani individual ong o’sishining turli bosqichlarida 
amaliyot bilan hissiy bilish o’rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi 
juda murakkab, o’zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay 
oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini 
o’rganish odamning psixik o’sishi, uning obyektiv va subyektiv sabablari, omillari, 
shart-sharoitlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash imkonini bera oladi. 
Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy 
xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko’lami, irodaviy fazilatlari, muayyan 
his-tuyg’ularining mazmuni, to’laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy 
ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining 
tayyor mahsulini o’rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga 
kelgani, kechishi, aks ettirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi.
Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush 
hodisalari va sharoitlari bilan bog’liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o’tkazuvchi 
o’zi o’rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi. 
Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, 
invariantlari, modifikasiyalari, munosabatlarini bilish bola tarbiyasida eng qulay 
shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur. 
Shunday qilib, rivojlanish psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham 
amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda 
eksperimental biologiya va genetika, medisina, sosiologiya kabi fanlarning xizmati 
kattadir. Rivojlanish va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga, 
oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, 
psixologlar to’plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, 
rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha 
jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin