biror vazifani bajarishiga ko’ra yaratilgan so’zlar: “f-f-fu” − gugurt;
pechka, chiroq, sham, primus kabilar;
2)
predmetlarning yondoshlik belgisiga qarab nomlash: “anna” − devorga
osilgan jami narsalar, qo’shni xonadan eshitilgan ovozlar;
3) tashqi belgisiga asoslanib nomlash: “kx-kx” − mushuk, soch, mo’yna,
telpak, namat va boshqalar;
4)
predmetlarning tovush chiqarishiga qarab yaratilgan so’zlar: “lya-lya” −
telefon, pianino, radio, televizor, tanish musiqa asboblari va hokazolar.
Psixologiya fanida to’plangan ma’lumotlarga tayanib bir ma’noli va ko’p
ma’noli so’zlarning hosil bo’lishi o’rtasida keskin tafovut yo’q, deya xulosa
chiqarish mumkin. Chunki bola uchun har qanday so’zni ham talaffuz qilish juda
qiyin kechadi.
D.B.Elkoninning fikricha, so’zlarning hosil bo’lishi va bolaning nutqiga
aylanishi, eng avvalo so’zning ma’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita
bog’liqdir. Buning natijasida, birinchidan, bolaning lug’at boyligi keskin
ko’payadi, ikkinchidan, nutqida ikkita so’zdan iborat gap tuzish imkoniyati
vujudga keladi va uchinchidan, predmetlarning nomiga qaratilgan savollar
tug’iladi.
Mazkur jarayon bir yarim yoshdan oshgandan so’ng boshlanadi va bolada
kattalar, bilan muloqotning yangi bosqichi paydo bo’lganini bildiradi. Nutq orqali
mana shu yoshdagi bolalarga vaziyat va holatni emas, balki predmetlarni
anglatuvchi so’zlar o’rgatiladi. Go’daklik davridan ilk bolalik davriga o’tish uning
faoliyatida va kattalar bilan muloqotida jiddiy olg’a siljish bilan ajralib turadi. Ana
shu siljish bolada atrofdagi odamlar va narsalarga tabaqali munosabatni
shakllantiradi. Biroq bu munosabatlar faqat kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat
orqali amalga oshadi.
Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki
mustaqil predmetli
harakatlarni egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik, omadsizlik hollari bolada
turli his-tuyg’u va kechinmalarni (quvonch, tashvish, achinish, qayg’urish,
samimiylik, loqaydlik va hokazolarni) vujudga keltiradi. Shaxsning faolligi,