25
Bola uch yoshga qadam qo’yganda, unda nutqni tushunishning ko’lami
kengayadi; sifati esa yuqori darajaga ko’tariladi. 2-3
yoshli bola kattalarning
amaliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tushunishdan tashqari, ertak, hikoya, she’r
kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlarni ham
tushunishga intiladi, natijada ilk tasavvurlar vujudga keladi.
Bola ikki
yoshga to’lganda nutqining rivojida yangi davr boshlanadi. U ona
tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzishga harakat qiladi. Uning nutqida
qariyb barcha so’z turkumlari, murakkab bog’lovchisiz gaplar uchray boshlaydi.
Fikr
bildirish, ma’lumot uzatish ixtiyorsizlik asosiga quriladi.
Bola 3 yoshga o’tganidan keyin faqat yaqin kishilari bilan emas, balki
begonalar, tengqurlari bilan ham muloqot ko’lami kengayishi natijasida unda tom
ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga,
xatti-
harakatiga qiziqish kuchayadi, o’ziga daxlsiz fikr va mulohazalarni tinglash mayli
paydo bo’ladi, shuningdek, uning o’zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan
ma’lumotlar va axborotlar bo’yicha boshqalar bilan
muloqotga kirishish istagi
tug’iladi.
Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat
bilan uzviy bog’liq holda ro’yobga chiqadi. Unda dialogik nutq paydo bo’ladi,
chunki uning o’zini qiziqtirgan narsalar haqida savollar berishi yoki kattalarning
savoliga javob qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida ona
tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar yotadi.
Umuman, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatining
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
A.N.Gvozdev ilk bolalik yosh davrida rus tilining grammatik qurilishini
o’rganib, uni ikki bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich − 1
Dostları ilə paylaş: