Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
M ajburiyat —
bu o d a td a yozm a 
ravishda rasmiylashtirilgan, so ‘zsiz bajarilishi talab qilinuvchi 
va’da demakdir. Iqtisodiy m azm uniga ko‘ra m ajburiyat fuqa­
rolik huquqiy munosabati b o ‘lib, m a’lum bir shaxs (qarzdor) 
boshqa b ir shaxs (kreditor) m anfaati hisobiga m a ’lum bir 
harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni: m ol-m ulkni berish, ish 
bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to ‘lash yoki m a’lum harakat- 
lardan voz kechish va boshqa shu kabilarni am alga oshirilishini 
anglatadi.
Majburiyat, xuquqiy-me’yoriy hujjatlarga asosan, uni qabul 
qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Majburiyatlami hisobga olish tizimida uch asosiy omil mavjud 
(5-chizma).
Byudjet mablag‘lari oluvchi byudjet tashkiloti rahbari, yoki u 
tom onidan vakolat berilgan boshqa m as’ul shaxslar, m aj­
buriyatlami qabul qilish huquqiga ega bo‘ladilar.


Yuridik majburiyat
— yuridik (jismoniy) shaxslarning imzo- 
langan shartnom alar va tegishli hukum at organining qarori 
natijasida ikkinchi shaxs oldida yuzaga keladigan majburiyatidir1.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishni asosiy maqsadi 
byudjet nazoratining sam aradorligini yanada oshirish, ya’ni 
xarajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib ketishiga yo‘l qo‘y- 
maslikdir.
M oliyaviy majburiyat
— yuridik (jismoniy) shaxslarning 
tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar 
ko'rsatilganligini) tasdiqlovchi, shuningdek, ish haqi bo'yicha 
ishchilardan qarzdorlik (hisob-kitob hujjatlaridan hisoblangan), 
sud qaroriga asosan byudjet to ‘lovlaridan qarzdorlik va byudjet 
tashkilotni mahsulot yetkazib beruvchilarga va to‘lovni oluvchilarga 
pul o ‘tkazishga majburlovchi boshqa hujjatlar asosida yuzaga 
keladi2 (6-chizma).

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin