— sotib olinayotgan tovarlaming sifat talabini xalqaro andoza
talablarga tenglashtirish orqali, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar
mahsulot sifatini oshirishga ta ’sir etish mumkin;
— kichik biznes vakillari tomonidan ishlab chiqarilayotgan
tovar va xizmatlami sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish
orqali, kichik biznesni va raqobatni rivojlantirishga ta ’sir etish
mumkin.
Yuqorida sanab o ‘tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida
davlat xaridini boshqarishning saxnarli mexanizmlari mavjud bo'lgan
sharoitda, ya’ni xaridni rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini
baholash orqali erishish mumkin.
0 ‘zbekiston hukum ati davlat xaridi instrum entidan turli
ko‘rinishlarda foydalanib kelmoqda. Masalan, o ‘rta maxsus ta ’lim
tizimini islohotlar, nafaqat, o ‘quv binolari sonini ortishiga olib
keldi, balki respublikada kapital qurilish sohasining rivojiga ham
katta turtki berdi.
2000- yillar boshida qurilish kompaniyalari nochor ahvolda
bo'lgan bo‘lishsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalaming
turli-tum anligi va sifati bo'yicha xorijiy kom paniyalar bilan
raqobat qilishmoqda.
Shuning bilan bir vaqtda, 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan
qurilish materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital qurilish
sohasida davlat buyurtmasi aholi bandligini oshirishda ham muhim
rol o ‘ynadi. Xuddi shunday misolni m ebel ishlab chiqarish
sanoatiga nisbatan ham keltirib o‘tish m um kin1.
0 ‘zbekiston Respublikasida
davlat xaridining subyektlari
quyidagilar hisoblanadi:
Davlat buyurtmachilari:
byudjet m ablaglarini oluvchilar va
byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini taqsim-
lovchilar:
— byudjet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar;
— byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning ijroiy direk-
siyalari;
Dostları ilə paylaş: