Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo ‘jalik mahsulotlarini xarid
etish
bo‘yicha rasmiy maTumotlarning chegaralanganligi, ushbu
sohani tahlil etishda kompleks yondoshuvni amalga oshirishni
qiyinlashtiradi.
H ozirgi paytda R espublikada quyidagi q ish lo q xo ‘jalik
mahsulotlari davlat xaridining obyektlari sanaladi: paxta xoma-
shyosi, g‘alla, sholi va ipak pillasi yetishtirish.
2002- yilda, 0 !zbekiston Respublikasi m oliya vazirligi va
markaziy bankining «Qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun xarid
qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun hisob-kitoblami
va bo‘nak to‘lovlarni tashkil etish tartibini tasdiqlash haqida»gi
Qarori kuchga kirdi.
Mazkur qaror davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini
yetishtirishni uzluksiz moliyalashtirishni ta ’m inlash va paxta
tozalash sanoati boshqaruvini takomillashtirish maqsadida ishlab
chiqilgan. Unga muvofiq, Agrobank yangi hosil uchun bo‘naklar
berish va yetishtirilgan hosil uchun hisob-kitoblam i amalga
oshiradi. Davlat ehtiyojlari uchun xarid hisob-kitoblari Moliya
vazirligi qoshida tashkil etilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun
hisob-kitob Fondi orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, yuqorida ko 'rsatib o ‘tilgan q aro rd a paxta
xomashyosi uchun bo‘naklar ajratish va oxirgi hisob-kitoblar
uchun to ‘lovlami fond tom onidan amalga oshirish mexanizmi
ko‘rsatib o ‘tilgan.
Transhlar hajmi mablag‘larga bo'lgan yillik talab hisob-kitoblari
m a’lum ot orqali aniqlanadi. Ekiladigan urug'lik chigitlar qiymati
bo‘naklar hisobidan qoplanadi. Fond o ‘zining «Kontraktatsiya va
paxta uchun hisob-kitoblar Markaz«laridagi hududiy inspektorlari
va Agrobank hamkorligida mablag‘lam i maqsadli ishlatilishini
monitoringini amalga oshiradi.
Paxta ham da g‘alla sotish va sotib olish sohasida hukumat
nazorati saqlanib qolgan bo‘lsada, hukumat, keyingi yillarda ushbu
mahsulotlami davlat xaridi baholarini sezilarli darajada oshirdi va
ushbu mahsulotlami muqobil sotish yo‘llari kengaytirildi.
Respublikada har yili paxta yig‘ish mavsumi oldidan paxta
xomashyosining davlat sotib olish baholari belgilanadi. 2001-
yilgacha ushbu baholar Moliya vazirligi tomonidan, 2001- yildan
boshlab esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Paxta tolasining ulguxji baholari har yili, odatda avgust oyida,
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Fermer xo'jaliklarini
moliyaviy qo ‘llab-quwatlash uchun har yili davlat tomonidan
yirik miqdordagi mablag‘lar va ajratmalar (assignovaniya) ajratiladi.
Faqatgina, o ‘tgan 2008- yilda qishloq xo'jaligining muhim turlarini
etishtirishga bir trillionga yaqin mablag‘ yo'naltirilgan. Jumladan,
paxta ishlab chiqarishga — 800 mlrd., g‘alla uchun — 200 mlrd.
so‘m yo‘naltirilgan. 2009-yilda bu maqsadlar uchun 1,2 trln.
sum mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan1.
Paxta respublika jami eksportining hajmida 12 foiz ulushga
ega va mamlakat valyuta tushumlarining barqarorligini ta’minlovchi
muhim omil hisoblanadi2.
Paxtani eksport qilish u ch u n , Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiya va savdo vazirligi tom onidan beriladigan maxsus
litsenziya talab etiladi. Paxta sotishda «Uzmarkazimpeks»,
«Innovasiya«, «Uzprommashimpeks« kabi yirik davlat korxonalari
l2K arim ov I. A.
Jahon m oliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston
sharoitida un i bartaraf etishning yo‘llari va choralari. l.Karimov. — T.:
O‘zbekiston, 2009 — 56 b.
faol ishtirok etadilar. Amalda, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya
va savdo vazirligi va 0 ‘zpaxtasanoatsotish assotsiatsiyasi paxtani
ekport etishni muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish va eksport
o'rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.
Odatda, paxta to ‘g‘ridan-to‘g‘ri (naqd operatsiyalar) orqali
yoki kvazi-barter bitimlari orqali sotiladi. Kvazi-barter bitimlari
orqali sotishda, xorijiy hamkorga paxtani natural to'lov evaziga
olishga ruxsat etiladi, am m o am aliyotda bu ikki xil bank
operatsiyalari shaklida rasmiylashtiriladi.
Masalan, paxtani g'allaga barter yo‘li bilan almashtirishda,
ularning mos qiymatlari pul ko‘rinishda ikkita alohida ikkiyoqlama
operasiyalar shaklida pul ko‘rinishida o'tkaziladi. Ya’ni, masalan,
paxta sotib oluvchi 0 ‘zbekistonlik hamkoriga paxta uchun pul
to ‘laydi va ikkinchi operatsiya — o'zbekistonlik hamkori g'alla
uchun pulni xorijiy hamkorga o'tkazib beradi.
1 9 9 5 -y ild an Ja h o n b a n k i b ila n h a m k o rlik d a am alga
oshirilayotgan islohotlar natijasida paxta va g ‘allaga davlat
buyurtmasining hajmini doimiy pasaytirib borish, mamlakat
eksport potensialini oshirish, mamlakat ichida paxta tolasiga bozor
baholarni jahon narxlariga yaqinlashtirish, xususiy sektorni
urugMik etishtirish va yangi texnologiyalami q o ‘llashga jalb etish
yo‘nalishlarida ishlar amalga oshirilmoqda.
0 ‘tgan asming 90- yillarida g‘alla mustaqiUigini ta ’minlashga
qaratilgan strategiyaga b in o an g 'a lla e tis h tiris h hukum at
siyosatining markaziga aylandi. G ‘alla mustaqilligi oziq-ovqat
xavfsizligining kafolati sifatida qabul qilinadi.
2008-yilda don mahsulotlarining davlat xaridi 2531,4 ming
tonnani, shu jumladan, g‘alla 2401,1 ming tonnani tashkil etdi
(2007- yilda bu ko‘rsatkich mos ravishda 2426,2 ming tonna va
2385,7 ming tonnani tashkil etgan).
Shuni ta’kidlash lozimki, ipak qurti etishtirish hamda sholi
hamon davlat buyurtmasi va baho belgilash tizimining predmeti
hisoblanadi. 2008- yilda 23450,8 tonna ipak qurti (2007- yilga
nisbatan 109,2%) va 110,4 ming tonna sholi yetishtirilgan1.
1 internet m a’lumotlari asosida: www.gov.uz
Davlat xaridini rejalashtirish va sotib olish tizimi, qishloq xo‘ja-
ligida paxta ham da g'allani ishlab chiqarish va daromad olishni
ko‘zlaydi. Ushbu mahsulotlami davlat xaridini davlat manopol
tashkilotlari: 0 ‘zpaxtasanoat va 0 ‘zdonmahsulot amalga oshiradi.
Mavjud davlat xaridi tizimidagi ayrim omillar, xarid tizimini
ferm erlar u c h u n foydasiz qilib qo'yadi: fermerlar faqatgina
tayyorlov rejalarini bajargandan so‘ngina ortiqcha etishtirilgan
mahsulotlami shartnoma baholarda sotishga mxsat oladilar va
amalda, ko'pchilik fermerlar yetishtirgan barcha hosilni davlat
xarid baholarida sotadilar.
D on mahsulotlarining qariyb yarmi davlat xarid baholarida
sotiladi, qolgan qismi (qancha hajmda bo‘lishi hosil yig‘imi yaqin-
lashganda o ‘matiladi) o‘matilgan shartnoma baholarda (odatda
davlat xarid baholaridan 20% yuqori) sotiladi. Hosilning qolgan
qismi fermerlar ixtiyorida qoldiriladi. Qayta ko‘rib chiqiladigan
almashuv kurslari mavjudligi sababli, jahon baholari va mahsulot
sotish baholari o ‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi.
0 ‘zbekistonda davlat xaridining predmeti bo‘lgan boshqa
qishloq x o ‘ja lik m ahsulotlariga e ’tib o r beradigan b o ‘lsak,
mamlakatda shoü yetishtirish va uni davlat sotishining ulushi
barqaror ravishda pasaytirilayotganiligi kuzatish mumkin.
Davlat qishloq xo‘jalik mahsulotlar bozorida, paxta va g‘aliaga
xarid kvotalari tizimi orqali ta’sir etadi (ushbu ikki turdagi mahsulot
sotishning 50—80 % hajmi davlat hissasiga to‘g‘ri keladi). Xarid
jarayoni maksimal darajada markazlashgan. Xaridning rejasi va
bajarilish jadvali Vazirlar Mahkamasi tomonidan o ‘matiladi va
uning doimiy monitoringi amalga oshiriladi. Har bir viloyat va
tumanga xaridning m a’lum kvotalari o'matiladi.
Qishloq x o ‘jalik sektorida ishlab chiqaruvchilarga bo ‘nak
to'lovlari ajratish va tovar ko‘rinishdagi kreditlar berish orqali,
ular kelajakdagi hosilni, davlat tomonidan belgilanadigan baholarda
sotishga rag‘batlantiriladi.
Xarid kvotalari, bo'nak to ‘lovlari, tovar kreditlari va eksportni
tartibga solish kabi vositalar, qishloq xo'jalik mahsulotlari etishti-
ruvchilami mahsulotlami davlatga tartibga soluvchi baholar asosida
sotishlarini rag‘batlantiradi.
Davlat xaridini amalga oshirishning shaffofligini ta ’minlashda
va davlat mablag‘laridan manzilli foydalanishni tashkil etishda,
davlat tashkilotlarining m ajburiyatlarini ro'yxatdan o'tkazish
muhim jarayoni hisoblanadi.
Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimining joriy etilishi
bilan, dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byud-
jetdan mablag‘ oluvchilar bilan birgalikda g‘aznachilik organlariga
ham yuklatiladi.
Byudjet mablag‘lari oluvchilarining m ajburiyatlarini hisobga
olish orqali, g'aznachilik tizim i, byudjet m ablag‘larini maqsadli
va oqilona foydalanishi ustidan joriy moliyaviy nazoratni amalga
oshiradilar.
Davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha xo‘jalik shartnoma-
larini tuzish, uni amalga oshirish, o'zgartirishlar kiritish va
shartnomani bekor etish kabi munosabatlar, 0 ‘zbekiston Respub-
likasi Fuqarolik K odeksi(4-paragraf), 0 ‘zbekiston Respub-
likasining 1998-yil 29- avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to ‘g‘risida»gi Qonuni
va boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Shartnom a m u n o sab atlarid a «m ajburiyat» tu sh u n ch a si
m uhim aham iyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |