eng yaxshi narxni ta k lif etgan
mamlakatimiz korxonasi, ishlab chiqaruvchisi
tender g'olibi
deb
aniqlanadi».
Yoki: «...mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri m uzokaralar natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha
qiymat solig‘i summasiga qo‘shib hisoblagan holda ko‘rsatilgan
eng yaxshi narxdan oshmaydigan narxni taklif etish mumkin
bo'lm agan taqdirda, im port tovarlar yetkazib berish (ishlami
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha
eng yaxshi narx taklif etgan
tender ishtirokchisi tender g‘olibi deb e’lon qilinadi».
Shunday qilib, to varlar yetkazib berish b o ‘yicha tender
savdolari bo‘yicha xulosa eng past baholar asosida chiqarilib, u
mol yetkazib beruvchi arizasidagi baholar (baho omili), hamda
baholashning boshqa koeffisiyent ko‘rsatkichlari va tuzatish
summasini (sifat omili) inobatga oladi.
Baho va sifat ko'rsatkichlari o‘rtasidagi nisbat, buyurtmachi
mamlakat shart-sharoitlari, sotib olinayotgan tovar xususiyatlari
va qator boshqa holatlam i inobatga olib, ko‘pchilik hollarda 80—
70 (baho) va 20—30 (sifat) nisbatda bo‘ladi.
Tovarlar sotib olish bilan bog‘liq tenderlami tashkil etishda,
ishtirokchi ta lo b g a rla r taklifini baholashda faqatgina ular
tom onidan, tovar yetkazib berishning arizada ko'rsatilgan
qiymatlariga tayanib qolmaslik zarur.
Bajariladigan (pudrat)
ishlarining kompleks tusga ega ekanligi,
qator noma’lum va o'zgaruvchan o‘lchamlarning mavjudligi sabab-
dan, ushbu ishlami batafsil ifodalash ancha murakkab holatdir.
Pudrat ishlari savdolari bo‘yicha tender hujjatlari ancha katta
hajmda bo‘ladi va bir nechta bo‘limlami tashkil etadi. Ushbu
hujjat to ‘plami — tenderda ishtirok etuvchi talobgarlar uchun
yo'riqnoma, loyiha echim i (chizmasi), ishlar bajarilishining texnik
shartlari, smeta va boshqa hujjatlardan tashkil topadi.
Savdolarga tayyorgarlik paytida bunday katta hajmdagi
hujjatlarni tayyorlash ancha katta hajmdagi mehnat, qimmat
turuvchi va uzoq m uddatga cho'ziluvchi jarayon hisoblanadi.
Shunga qaramay, bahoga asoslangan tanlovga imkon beradigan
savdolarni tashkil etish maqsadida, buyurtmachilar bajarilishi talab
etiladigan ishlami iloji boricha batafsil ifodalashga ancha mablag*
sarflaydilar.
Jahon bankining yuqorida qayd etilgan yo‘riqnomasining 2.52
punktida: «....bajariladigan ishlar bo‘yicha shartnomalar uchun
takliflami baholash faqatgina pul ko'rinishida amalga oshiriladi....»,
— deb aniq keltirib o‘tilgan.
Va keyingi 2.58 punktda: « ...b u y u rtm ach i, o ‘rn a tilg a n
standartlarga mos imkoniyatlar va resurslarga ega bo‘lgan savdo
ishtirokchisi bilan shartnoma tuzadi. Bunday taklif: 1) savdo
hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi; 2) eng past
baholash qiymatiga ega bo‘lishi zarur
».
Bu yerda ham biz eng p ast b a h o (bah o lash q iy m a ti)
tushunchasiga to 'q n ash kelam iz. A m m o, Jahon ban k in in g
ishlarni xarid qilish bo'yicha tender namunaviy hujjatlarining
(Standard Bidding Documents — procurem ent o f works) 31
punktiga («Takliflarni solishtirish va baholash») e ’tibor berilsa,
eng p ast b a h o , bu yerda p u d r a tc h i to m o n id a n a r iz a d a
ko'rsatilgan baho, arifmetik xatolar, ko'zda tutilmagan xarajatlar
kabilarni ko‘zda tutuvchi tu zatish larn i hisobga olish b ila n
aniqlanadi.
Bu ta ’rif, pudratchi tomonidan taklif etilishi mumkin bo‘lgan
sifat omilini inobatga olish haqida ko'rsatm a bermaydi.
«Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tom onidan
moliyalashtiriladigan xarid loyihalari uchun qoida va prinsiplar»
(Procurement Policies and Rules for Projects financed by the
European Bank for Reconstruction and Development) hujiatining
3.30 moddasida shunday deyiladi: «... o ‘z tanlov arizasiga k o ‘ra,
baholashning aniq mezonlari nuqtai nazaridan, tanlov hujjatlarida
o'rnatilgan talablarga javob beradigan, hamda iqtisodiy tejam kor
va shuning bilan birga, shartnomani to ‘liq bajarishga qodir bo‘lgan
tanlov ishtirokchisi bilan shartnoma tuziladi». Yo‘riqnomaning
mazkur moddasining e’tiborli tom oni shundaki, unda nafaqat
baho mezoni, balki tanlov ishtirokchisining pudrat ishlarini bajara
olish imkoniyati ham baholanadi.
Ya’ni, baholovchilar pudratchi taklifining texnik jihatlarini
(ish jadvali va uni tashkil etish, asbob-uskunalarning mavjudligi
va holati, boshqaruv personalning tajriba va kvalifikasiyasi va
boshqalar) tahlil etishi lozim. Xalqaro savdolar amaliyotida bunday
tahlil texnik tahlil sifatida m a’lura bo‘lib, bunday tahlil sifat
ko‘rsatkichlarini solishtirishdan iborat va u baho omiliga aloqador
emas.
Yevropa K om issiyasining 1999- yildagi «Komissiyaning
uchinchi m am lakatlar bilan hamkorlik qilish maqsadida ishlar,
tovarlar va xizm atlar yetkazib berish uchun tuziladigan shartno-
malari» (M anual o f Instructions. Contracts for works, supplies
and services c o n c lu d e d for th e purposes o f C om m unity
cooperation with th ird countries), yo ‘riqnom alar to ‘plami
Yevropa Komissiyasining rivojlanayotgan davlatlarda amalga
oshirayotgan loyihalarida keng qo‘llaniladi.
Mazkur hujjatning 20.10.1 moddasida: «iqtisodiy jihatdan
eng foydali taklif«ni taqdim etuvchi, ya’ni texnik baholash paytida
texnik talablarga mos deb topilgan, boshqa takliflardan qimmat
boMmagan taklif beruvchi muvoffaqiyatli talabgor deb tushu-
niladi».
Bu yerda biz, Jahon bankining hujjatlarida uchramaydigan,
tender takliflarining texnik baholash haqidagi ko‘rsatmaga duch
kelamiz.
Savdolarda, shuningdek, injener-maslahatchilar xalqaro fede-
ratsiyasining (F ed e ra tio n Internacionale des Ingenieurs —
Conseils) «Tender jarayonlari» (tendering procedures) nomli
hujjati keng qo‘llanilib, ushbu hujjat ishlami xarid etish savdolarini
o'tkazish tartibini belgilab beradi.
Mazkur hujjatning 11.0 moddasi «Takliflami baholash» deb
nomlanib, u talabgor taklifini moliyaviy, texnik va shartnomaviy-
adminstrativ baholashni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, 4 modda
«Taqdim etiladigan hujjatlar»ni tushuntirib, unda asosiy taqdim
etiladigan hajjatlar bilan bir qatorda: subpudratchilar va ular
bajaradigan ishlar hajm i haqida axborot, ishni bajarishga jalb
etiladigan asbob-uskunalar va pudratchining asosiy personali haqida
m a’lumotlar pudratchi tomonidan ko‘rsatilishi kerak.
Bu turdagi barcha ma’lumotlar sifat ko‘rsatkichlari bo'lib,
ular tender takliflarini baholashda, taJabgorning baho taklifi bilan
bir qatorda e’tiborga olinadi.
Shunday qilib, Jahon bankining tegishli yo‘riqnomalarida baho
ko‘rsatkichi asosida pudratchilar taklifini baholash haqida tavsiya
berilsada, boshqa xalqaro hujjatlarda texnik, ya’ni sifat ko‘rsat-
kichlari asosida ham baholashning zarurligi ta ’kidlanadi. Bu
savdolami o‘tkazishda pudratchilami ham baho, ham sifat omilini
e’tiborga olish zarurligini ko‘rsatadi.
AmaJda konvertlar ochilgandan so ‘ng, qisqa tekshirish va
taklif etilgan baholar e’lon qilinadi va baholovchilar hujyatlarning
to'liqligi, arifmetik aniqlik, taklif tarkibida qo‘shimcha shartlar
va muqobil variantlar borligini tekshirishga kirishadilar. Shundan
so‘ng, taklifning tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan shartlarga mosligi
a n iq la n sa , yuq o rid agi q o id a la rd a k e ltirilg a n id e k , u n in g
baholangan qiymati aniqlanadi va baho ko‘rsatkichlari asosida
holat o'rganiladi.
Bunday holatlarda, tajribali baholovchilar juda yuqori v a ju d a
past baho taklif etadigan ishtirokchilar arizalarini ko‘rib chiqishni
to'xtatadilar. Chunki, oxir oqibatda bunday arizalar yoki baho
ko‘rsatkichi b o ‘yicha (eng yuqori bah o taklifi), yoki sifa t
ko‘rsatkichi bo'yicha (eng arzon baho taklifi) nomaqbul deb
topiladi. Eng past baho taklifiga nisbatan norasmiy hisoblanadigan
bunday amaliy qoidaning mavjudMgining o ‘zi ham, pudrat ishlarini
bajarishda bahoga asoslangan tanlovning hal qiluvchi emasligidan
guvohlik beradi.
Ushbu bosqichdan so‘ng, pudrat ishlarini muvoffaqiyatli bajari-
lishini ta’minlaydigan, yuqorida ko'rib o'tilgan sifat ko'rsatkichlari
ko‘rib chiqiladi va taklifni texnik baholash amalga oshiriladi.
Shunday holatlar ham ma’lumki, past baholi takliflar ham asosiy
vositalarning yo'qligi yoki eskirganligi sababli, ba’zan, rahbarlik
xodimlarining past kvalifikatsiyasi tufayli muvaffaqiyat qozon-
maydilar.
Ba’zi holatlarda, pudratchi o ‘z takliflda qurilish jarayonini
yetarlicha asosli rejalashtira olmagan va uni amalga oshirish uchun
zaruriy tashkiliy tuzilma va tadbirlami oldindan ko'ra olmaganligi
m a’lum bo‘ladi. U shbu sabablaming barchasi, past baholar taklifi
berilishiga qaramasdan pudratchi taklifidan voz kechishga olib
keladi.
0 ‘zbekistonda tanlov hujjatlarining texnik qismiga talablarni
hamda markazlashtirilgan manbalar (davlat byudjeti mablag‘lari,
byudjetdan tashqari jam g'arm a va Hukumat qarorlari bilan tashkil
etilgan alohida tarm oqlar va tashkilotlarning maxsus jamg‘ar-
malari, O'zbekiston Respublikasi Huqumati kafolati yoki uning
nomidan jalb etiladigan chet el kreditlari, O'zbekiston Respub-
likasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag'lari) davlat
boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar va xizmatlar tanlov
hujjatlarini baholash, Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda
tanlov savdolari tiz im in i takom illashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 2003- yil 3- iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan
«O'zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov
savdolari to ‘g‘risida»ga Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Bunday turdagi tanlovda sifat omilining usutvorligini quyidagi:
«...savdo ishtirokchilariga qo'yiladigan talablarga amal qilinganligi
(lisenziya, etarli ish tajribasining borligi, moliyaviy holati, texnika
bilan jihozlanishi, savdoning aniq inshootlariga qarab boshqa
malaka talablari)», yoki: «...takliflarni texnik1 va moliyaviy
baholashda mezonlami qo‘llashning xolisligi va ulaming ahamiyati»
punktlarda kuzatish mumkin.
Pudrat ishlari buyicha tanlovlami tashkil etishning nazariy va
amaliy tajribasi shundan dalolat beradiki, baholar asosida tanlash
usuli tanlovlarda g‘olibni aniqlaydigan yagona maqbul usul emas,
balki u baholashning sifat omillari bilan birga qo‘llaniladi. Ishlami
1
Texnik qism — bu talabgorlar o‘z tanlov takliflarini qiymatini hisob-
kitob qilishi uchun zarur va yetarli bo'lgan xarid qilinayotgan mahsulot
(ishlar, xizmatlar) m iqdori va xarakteristikasini, ishlaming bajarilish (tovar
yetkazib berish, xizm atlar) m uddati, shuningdek, tanlov savdolari bir
bosqichda amalga oshirilganda tanlov savdolari buyurtmachisi va g‘olib
tomon o'rtasida tuziladigan shartnomadan so'ngi hisob-kitoblarini o‘zida
mujassamlashtirgan m a’lumotlardan iborat hujjatlar yig'majildi.
xarid qilish bo‘yicha savdolarda baho-sifat nisbati, odatda, 60:40,
ayrim hollarda — talabgorlarga ko‘plab qo‘shimcha talablar mavjud
bo‘lganda 50:50 ni tashkil etadi.
0 ‘z -o ‘zidan, baho va sifat o ‘rtasidagi bunday nisbat shartli
boMsada, tender savdolarida yirik hajmdagi pudrat ishiari taklifini
baholash, hech qachon talabgor tak lif etgan baholar asosida
emas, balki baho va sifat deyarli teng ko‘rsatkichlarga ega
bo'lgan, baho va sifat omillarini birgalikdagi tahlili asosida
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |