Davlat xarid I


Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo turlari



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
8-chizma. Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo turlari.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida 
boshqacha tartib belgilangan b o ‘lsa, yoki xorijiy grantlar va kreditlar 
taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo'lsa, bunday 
hollarda mazkur Nizom tartibi qo‘llanilmaydi.
Tenderlarni o ‘tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad — bu davlat 
byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag‘lari foyda-


lanish samaradorligin orttirish va sotib olinayotgan xomashyolar, 
materiallarning sifat darajasini oshirishdan iborat.
Tender savdolari xaridlarning faqat manbalaming mavjudligi 
va mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlari to‘g‘risida tasdiqnomalar 
(moliya organlari yoki byudjetdan tashqari jamg‘armalami tasarruf 
etuvchilarning bildirish xati, xorijiy kreditorlar bilan hukumat 
kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar 
berish to ‘g‘risidagi bildirish xati va boshqalar) mavjud bo‘lgan 
hajmi b o ‘yicha e’ion qilinishi mumkin. Tenderlar tenderlarni
1 0 ‘zR Vazirlar M ahkamasining 2000-yil 21- noyabrdagi 456-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o ‘tkazish to‘g‘risida»gi 
Nizomga asosan.
9-chiuna. Tenderlarning tashkiliy shakllari1


o ‘tkazishning doimiy yoki vaqtinchalik organi b o ‘!gan tender 
komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh 
dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta shartnom a bo'yicha 
amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot («buyurtmachi» deb 
ataiadi) tomonidan tuziladi. Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 
mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma 
bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi 
tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan 
kelishgan holda tuziladi.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bo'lgan taqdirda ularning 
viloyat, tuman, shahar bo‘limlari, 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 
2000- yil 2 1 - noyabrdagi 456-sonli Qaroriga ilova qilingan 
«Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar 
xarid qilish bo'yicha tender savdolari o ‘tkazish to ‘g ‘risida»gi 
Nizomi talablariga rioya qilgan holda, tender o‘tkazish bo‘yicha 
buyurtmachilar bo'lishi mumkin.
Tender komissiyasi a’zolari soni toq (odatda kamida to ‘qqiz, 
o ‘n bir kishi), shu jumladan, uning tarkibi quyidagilardan iborat 
bo‘ladi:
— buyurtmachining vakillari;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki ularning hududiy 
bo'linmalari vakillari (zarur bo‘lganda);
— xizmat ko‘rsatuvchi tijo rat banki va m ustaqil ekspert 
tashkilotlar vakillari;
— buyurtmachining yuqori tashkilotlari, vazirliklari, idoralari 
vakillari;
— tender savdolari xorijiy tovar yetkazib beruvchilami jalb 
etgan holda tashkil qilingan taqdirda, transport-ekspeditorlik 
kompaniyalari vakillaridan iborat bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, buyurtmachining yoki unga 
qarashli korxonalar va tashkilotlar vakillari soni tender komissiyasi 
tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
T ender komissiyasi a’zo larin in g tayinlanishi yuzasidan 
buyurtmachi javob beradi.


Tender komissiyasining ishchi organi tenderlami o'tkazishni 
(tovar yetkazib beruvchilami oldindan malakali tanlash, tushadigan 
takliflami ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish, 
reklama ishiarini tashkil etish, tender komissiyasi hujjatlarini va 
shu kabilami amalga oshirishni) amalda tashkil etuvchi asosiy 
organ hisoblanadi.
B u y u rtm ach in in g ta n lo v i b o ‘yicha sh artn o m a asosida 
ixtisoslashgan tashkilot yoki buyurtmachining o ‘zi ishchi organ 
bo ‘lishi mumkin, u zarur b o ‘lganda shartnoma asosida boshqa 
tashkilotlar mutaxassislarini ham jalb etishi mumkin.
Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 min AQSh dollariga teng 
m iq d o r d a n o sh ad ig an b itta sh artn o m a b o 'y ic h a am alga 
oshirilganda ishchi organ buyurtm achi tom onidan Vazirlar 
M ahkam asining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda 
belgilanadi.
Ishchi organ ixtisoslashgan tashkilotning, shuningdek, boshqa 
tashkilotlar mutaxassislarining huquq va vazifalari doirasi shartno- 
malarda belgilanadi.
Davlat xaridini tashkil etishda buyurtmachi va ishchi organning 
funksiyalariga e’tibor beradigan bo‘lsak, tenderlami o‘tkazishda 
buyurtm achi:
— tenderlami o'tkazish, ulaming o‘tkazilish sanasi to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi, sotib olinadigan tovarlaming eng yuqori bahosini 
belgilaydi va rasmiy farmoyish chiqaradi; ishchi oigan faoliyatini 
nazorat qilib boradi va tender komissiyasi ishida qatnashadi;
— tender hujjatlarini tayyorlash shartlarini belgilaydi;
— tenderlami tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlami 
amalga oshiradi;
— tender g‘olibi bilan shartnoma tuzadi.
Ishchi organ buyurtmachi bilan kelishgan holda:
— savdo va uni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;
— tender huijatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
— ommaviy axborot vositalarida e’ion beradi yoki taklifnomalar 
jo ‘natishni tashkil etadi;
— jalb etiladigan ekspertlar va m aslahatchilar faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi;


— da’vogarlami tender hujjatlari bilan tanishtiradi;
- arizalarni qabul qiladi, ularning hisobga olib borilishini, 
saqlanishini va maxfiyligini ta’minlaydi.
Tenderlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari oshkoralik, 
qarorlarni qabul qilishning obyektivligi, tender qatnashchilariga 
teng sharoit yaratish, shu bilan birga m ahalliy korxonalarga 
ustuvorlik berish hisoblanadi (quyidagi 10-chizma).
10-chizma. Tenderlarni tashkil etish tamoyillari1.
Davlat xaridini amalga oshirish bo ‘yicha shartnomalami tuzish
va ijro etish —
ikki bosqichda amalga oshiriladi:
— shartnomani tuzish;
— shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash.
Shartnomani tuzish:
— to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar — ishtirokchilar tomonidan 
kelishilgan shartlar asosida tuziladi;
— yarmarka va birja savdolari — yarmarka va biija savdo- 
larining o'matilgan tartiblari asosida amalga oshiriladi (shartnomani
1 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 2 000-yil 2 1 - noyabrdagi 456-sonLi 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlami sotib olish yuzasidan tender savdolarini o'tkazish to‘g‘risida»gi 
Nizom asosida ishlab chiqilgan.


tuzish savdo o ‘tgandan keyingi 5 kun muddat ichida amalga 
oshiriladi);
— ochiq va yopiq tanlovlar — xaridni ayxim olingan turlarini 
amalga oshirishni tartibga soluvchi qonunchilik aktlari orqali amalga 
oshiriladi. Shartnomalami tuzish muddati hamma hujjatlarda ham 
o ‘z aksini topmagan. Fuqarolik kodeksiga muvofiq shartnomalami 
imzolash muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tender savdolarini boshqarishda baholar monitoringini amalga 
oshirish tartibi, quyidagi sohalar misolida ko‘rib chiqiladi:
— byudjet mablag'lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsu- 
lotlarini sotib olish jarayonida;
— buyurtmachilar tom onidan kapital qurilish (rekonstruksiya 
va ta ’mirlash) bo'yicha xarajatlami amalga oshirish jarayonida.
B unda g ‘aznachilikning hududiy bo ‘linmalari tom onidan, 
byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq- 
ovqat mahsulotlari baholarining monitoringini amalga oshirish, 
0 ‘zbekiston Respublikasining demonopolizasiya, raqobat va 
tad b irk orlik n i qo'llab-quvvatlash D avlat qo‘mitasi (keyingi 
o ‘rin lard a — A ntim onopoliya qo‘mitasi) tom onidan taqdim
etiladigan, respublika hududlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotla- 
rining o'rtacha oyhk baholari to ‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida 
amalga oshiriladi.
Byudietdan mablag‘ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mah- 
sulotlarini xarid qilish bo'yicha tuzilgan shartnomalami ro'yxatdan 
o ‘tkazish jarayonida Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan taqdim 
qilingan m a ’lum otda ko'rsatilgan baholardan ortiq b o ‘lgan 
baholarda tuzilgan shartnomalar g'aznachilikning hududiy bo‘lin- 
malari tom onidan ro'yxatga olinmaydi.
Antimonopoliya qo'mitasi tomonidan m a’lum hudud bo‘yicha 
(turnan, shahar), m a’lum vaqt oralig‘ida taqdim etilgan oziq- 
ovqat mahsulotlari bo'yicha baholar (xxxx) jadvalini misol tariqa- 
sida ko‘rsatish mumkin:
U shbu yuqorida belgilangan o'rtacha baholami hisobga olingan 
holda turnan g‘aznachilik bo‘linmasida hisob ishlari olib boriladi. 
Ya’ni, shartnomalar o'rtacha baholar asosida tuzilib, hisobvaraq- 
fakturalar ham ushbu baholar doirasida qabul qilinadi.


M azkur 9 xil oziq-ovqat maxsulotlaridan tashqari barcha 
boshqa oziq-ovqat mahsulotlarga esa, hududiy bozor o ‘rtacha 
baholari orqali belgilanadi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin