Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Nazorat uchun savollar:
1. Tender savdosidan ko ‘zlangan maqsad nimada?
2. Tenderlarning qanday turlari mavjud?


3. 0 ‘zbekistonda tenderlar tashkil etishni tartibga solish qaysi m e ’yoriy
hujjatlar asosida amalga oshiriladi?
4. 0 ‘zbekistonda tenderlarni tashkil etishning qanday tam oyillari
mavjud?
5. Davlat xaridini amalga oshirish boyicha shartnomalarni tuzish va
ijro etish bosqichlarini tushuntirib bering.
6. Tender savdolarini amalga oshirishda baholar qanday monitoring
qilinadi?


§ 6. Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga
ta’sir etuvchi omillar tahlili
Tender savdolarida g‘olibni aniqlash ikki xil usul bilan amalga 
oshiriladi — 
baho asosida tanlash
(inglizchada, cost based selection 
— CBS) va 
sifat asosida tanlash
(inglizchada, quality based 
selection — QBS). Savdo natijalarini umumlashtirarkan, tender 
tashkilotchilari, ushbu ikki usulni birgalikda qo‘llash orqali xulosa 
chiqaradilar. Bunda tovarlar yetkazib berish taklifni baholashda 
baho va sifat omillarining nisbati, xizmatlar ko‘rsatishdagi ushbu 
omillar nisbatini baholashdan tubdan farq qiladi.
Savdo predmetining turlichaligidan, baho va sifat omillarini 
turli nisbatlaridan foydalanuvchi baholash usullari mos ravishda 
ishlatiladi.
Tender savdolari tarixida, faqatgina, eng past so‘ralgan 
baholarga asoslanib, g'olibni aniqlash davrlari ham yuz bergan. 
Ushbu tanlov usuli judda oddiy va samarali bo‘lgan. Ammo, 
buyurtmachilar eng past baholar bu talab etiladigan sifat emasligini 
tezda tushunib yetganlar va faqatgina, savdoda ishtirok etayotgan 
mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va maslahatchilar buyurt- 
machiga o‘zlarining yuqori sifat ko'rsatkichlari bilan oldindan 
m a’lum bo‘lgan holatgina bundan mustasno. Shu sababdan, tender 
savdolarining rivojlanib borishi bilan buyurtm achilar tanlov 
hujjatlarida sifat ko‘rsatkichlari bo'yicha qator talablarni qo‘yishga 
majbur bo‘ldilar va ushbu ko'rsatkichlar ko‘pchilik holatlarda 
tanlovning asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yo'riqnomalari, tovar hamda 
xizmatlami xarid qilish b o ‘yicha namunaviy hujjatlarida, yirik 
xaridlar uchun tenderlarni amalga oshirishda baho omili bilan bir 
qatorda sifat omillariga ham katta e’tibor berish talab etiladi.
Miqdoriy ifodalash mumkin bo'Imaydigan xarid turlari uchun 
tanlovlarda sifat omilining nisbati ancha yuqoridir. Boshqacha


aytadigan bo‘lsa, xarid predmetini qanchalik aniq va to'liq ifodalash 
mumkin bo‘lsa, bunday holatlarda baho omilining nisbati sifat 
omiliga qaraganda yuqori bo‘ladi. Tender takliflarini baholash 
amaliyotida baho va sifat nisbat quyidagicha ifodalanadi, masalan, 
70:30, 80:20 va hakazo.
Ayrim olingan savdo turlari uchun bunday nisbat buyurtm achi 
tom onidan tender hujjatlarida oldindan belgilab qo‘yiladi va 
natijalami baholashda majburiy mezon hisoblanadi. 0 ‘z navbatida, 
savdo n atijalarin i baholashda b o sh q a baholovchilar ja h o n
amaliyotida qo‘llanilib kehngan tajribalarga asoslangan nisbatlam i 
aks ettiruvchi o‘z uslubiyotlaridan foydalanishadilar.
Tovarlar
ham miqdoriy ham sifat ko‘rsatkichlarini ifodalash 
oson bo‘lgan xarid predmeti hisoblanadi. Tovarlar sotib olish uchun 
tuzilgan tender hujjatlari «Texnik ko'rsatkichlar» nomli hujjatni 
o ‘z ichiga olib, unda sotib olinishi moijallanayotgan tovam ing 
barcha ko‘rsatkichlari, uning to ‘liq tavsifnomasi, sifat param etrlari 
ko'rsatiladi. Talabgorlar uchun yo‘riqnomada tovami yetkazib 
berish usullari va tovar bilan bog‘liq zaruriy xizmatlar bo ‘yicha 
talablar to ‘liq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Shu nuqtayi nazardan, bu turdagi savdolar xaridni qanday 
bo'lishi zarurligini to‘liqroq aks ettiradi va unda o ‘zgaruvchan va 
noma’lum o'lchovlardan nisbatan kamroq foydalaniladi.
Mazkur holat bir qarashda, sifat omilini alohida inobatga 
olishga zarurat yo‘q, faqatgina baho omili birlamchi degan xulosani 
beradi va bu, ko‘pchilik hollarda, qaysidir ko‘rinishda te n d er 
hujjatlarida o‘z aksini topadi.
Shunday bo‘lsada, Jahon bankining «Jahon tiklanish va taraq- 
qiyoti bankining (JTTB) qarzlari va Jahon rivojlanish assosiasiyasi 
(JRA) kreditlari hisobiga xarid« yo‘riqnomasining 2.48 punktida 
shunday ko‘rsatadiki: «....shartnoma eng past bahoni taklif etgan 
ishtirokchiga taqdim etiladi». Y o£riqnom aning keyingi 2.51 
punktida: «....bahodan ta sh q a ri boshqa om illar h am a n iq
ko‘rsatilishi shart....va taklifni eng past baholarda ekanligini 
aniqlash maqsadida, ularni (omillami) hisobga olish tartibi.
Tovarlar va asbob-uskunalami yetkazib berish takliflarini k o ‘rib 
chiqishda quyidagilarga e’tibor berish lozim... obyektgacha b o ‘lgan


masofada ichki tashish xarajatlari miqdori va sug‘urta qilish 
xarajatlari... foydalanish bilan bog'liq xarajatlar miqdori, quwati 
va boshqa uskunalarga mos kelishi, ehtiyot qismlaming mavjudligi 
va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari..., shuningdek, perso- 
nalni o'qitish, texnik xavfsizlik va atrof-muhitga ta ’siri birlamchi 
darajada e’tibor berilishi lozim».
Xuddi shunday ko ‘rsatm alar Jahon bankining namunaviy 
tender hujjatlarida ham o ‘z ifodasini topgan (WB Standard Bidding 
Documents). Ushbu hujjatning 26.4 punktida «buyurtmachi to- 
monidan talabgoming hujjatlarini baholashda, bahoga qo‘shimcha 
tarzda.... quyidagi om illam ing biri yoki bir nechtasi inobatga 
olinishi shart...: a) buyurtmachining mamlakatida tovami yetkazib 
berish bilan bog£liq ichki transport, sug‘urta va boshqa xarajatlar..., 
b) yetkazib berish muddatlari..., v) to'lovni amalga oshirishda 
jadvaldan chetga chiqish..., g) komponentlar, zaruriy ehtiyot 
qism lar va xizmat k o 'rsatish qiymati, 
d) buyurtm achining 
mamlakatida ehtiyot qismlar va sotishdan so‘nggi xizmat ko‘r- 
satishning mavjudligi..., e) ekslpluatatsiya va xizmat ko'rsatish 
u c h u n ko ‘zda tu tilay o tg an xarajatlar m iqdori..., j) asbob- 
uskunaning ishonchlilik darajasi va quwati...va boshqa o'ziga xos 
omillar...».
Yuqorida keltirilgan ikkala yo‘riqnoma ham agar buyurtmachi 
uchun muhim bo‘lsa, tovarlar yetkazib berishda nafaqat baho, 
balki sifat omillarini ham inobatga olish zarurligini ta’kidlamoqda.
Tovarlami yetkazib berishda sifat omillarini hisobga olish Jahon 
banki yo'riqnomasining 2.51 punktida «baholash qiymatining eng 
past miqdorini aniqlashda, baholab bo'lmaydigan omillarni iloji 
b o ric h a pul ko ‘rin ish id a
yoki yalpi m iqdor k o 'rin ish id a 
aniqlanadi...». Eng past baholarni aniqlashda, baholovchilar, 
talabgor mol yetkazib beruvchining baholariga ma’lum summalarni 
qo'shib hisoblaydilar (o‘rtacha yillik ekspluatasiya xarajatlarini 
q o ‘shib hisoblash m um kin), yoki pul ko‘rinishida ifodalab 
b o ‘lm a y d ig a n o m illa rn i in o b a tg a o lish u c h u n tu z a tish
koeffisiyentlaridan foydalanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
xaridini amalga oshirishda tender savdolarida g'olibni baholash,


0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- 
noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan «Xom ashyo, 
materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish 
bo'yicha tender savdolari o‘tkazish to ‘g‘risida»gi Nizomga asosan 
amalga oshiriladi.
Xalqaro amaliyotda kuzatilganidek, tovarlar yetkazib berish 
uchun tuziladigan tenderlarda baho aniqlovchi tusga ega ekanligini 
kuzatish mumkin: «...taklif etilgan narxlaming o ‘rtacha jahon va 
konsalting firmasi, yoki Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar 
bozorlari kon’yunkturasini o'rganish ham da investitsiya loyihalari 
va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazi yoki Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosalari 
bo‘yicha bozor kon’yunkturasida yuzaga kelgan narxlarga mosligiga 
asosan amalga oshiriladi» (yuqoridan qayd etilgan Nizomning 10- 
moddasi).
Ammo, baho tanlovning yagona omili emasligi va albatta sifat 
ko'rsatkichlari ham inobatga olinishiga e ’tibomi qaratish lozim 
«...taqdim etilgan tender takliflarining qo ‘shimcha texnik, tashkiliy 
va tijoriy ustunliklari hamda tender qatnashchisining obro'-e’tibori 
ham e’tiborga olinishi mumkin».
Alohida e’tiborli xususiyat shundaki, Respublikada ten d er 
savdolari bo‘yicha talabgorlar taklifini baholashda mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarga baho imtiyozlari taqdim etilgan: «...agar tenderda 
xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga mamlakatimiz korxonalari, 
ishlab chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va 
xizmatlar davlat xaridi... tender savdolarida ishtirok etganda 20 
foizgacha miqdorda narx imtiyozlari beriladi» (yuqoridagi Nizomga 
maxsus X-I bo‘lim kiritilgan bo'lib, ushbu bo'limning 55-punktida 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o ‘rtasida g‘olibni aniqlashda baho 
imtiyozlarini taqdim etish shartlari keltirilgan).
Yuqoridagi Nizomning quyidagi ikki punkti, tender g'olibini 
aniqlashning ustuvor mezoni baho omili ekanligini ko‘rsatadi: 
«mamlakatimizning boshqa korxonalari — ishlab chiqaruvchilariga 
nisbatan, lekin qo ‘shimcha qiymat solig‘i summasiga qo ‘shib 
hisoblagan holda import tovarlar yetkazib berish (ishlami bajarish, 
xizmatlar ko‘rsatish) bo'yicha eng yaxshi narxdan oshmaydigan


olib kirishda qo‘shim cha qiymat solig‘i to ‘lashdan ozod qilish 
b o ‘yicha imtiyoz qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar 
(ishlar, xizm atlar) b o ‘yicha 

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin