138
zimmasida mualliflik huquqini himoya qilish bo’yicha
qanday ishlar amalga
oshirilganligini ifodalash muhim hisoblanadi. Bunda foydali modellarga va tovar
belgisiga olingan patentlar tavsiflanadi.Patent hujjatlari
ilovada havola etilishi
mumkin.
Eksport ko’rsatkichlari va imkoniyatlari.
Agar mahsulot tashqi bozorga
chiqarilsa unda mahsulot eksport qilinadigan mamlakat, ishlab chiqarish hajmi va
daromad kattaligi kabilar havola etiladi.
Tovarni
takomillashtirish
yo’nalishlari.
Iste’molchilarning o’zgarib
turuvchi talabini va ehtiyojini e’tiborga olib yoki bashorat qilgan holda mahsulotni
takomillashtirish maqsadi va imkoniyatlari hamda yo’nalishlari keltiriladi.
Muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari yoki omillari
.Yangi bozorlani
o’zlashtirishga qaratilgan harakatlar tavsiflanadi.
Mahsulotni
tavsiflashda
taklif qilinayotgan tovarning
hayotiylik davrini
aniqlash ham muhim ahamiya kasb etadi.
Har qanday tovarning hayotiylik davri ma’lum bir qonuniyatlarga
bo’ysunadi va bir qator bosqichlardan iborat bo’ladi.
Tovarning bu bosqichlardan
o’tish tezligi bozor kon’yunkturasiga ta’sir ko’rsatuvchi bir qator holatlarga
bog’liq bo’ladi.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo’yicha oldindan hisoblab chiqilgan
va belgilangan
tarzda harakatlanishi narx, tovarni sotish usullari, reklama,
ishlab
chiqarish obyektlari va tovar harakatlanishi bilan manevr qilish kabi vositalardan
foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o’z vaqtida qabul qilishga imkon beradi.
Ularning barchasi
sotuv hajmi va darajasiga, demak, biznes-rejaning moliyaviy
natijalariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Tovarning tipik hayotiylik davri/sikli quyidagidan iborat:
Dostları ilə paylaş: