rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha 3-5 yilda almashtirib
turiladi. Masalan, bozorga qadoqlangan tovarlar taklif qiladigan “KRAIT FOODS“
kabi korxonalar odatdagi tovar va uni markasini boshqarishga
asoslangan struktura
o‘rniga asosiy e’tiborni o‘z iste’molchilariga qaratuvchi kombinatsiyalashtirilgan
(aralash) strukturaga o‘tmoqda.
1
Bunda korxonalar tashkiliy strukturalari asosan 3 ta
ishchi guruhidan iborat bo‘lib, birinchi guruh maqsadli segmentlarga iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatadi. Logistika bo‘limii vazifasini bajaruvchi uchinchi guruh mol
yetkazib beruvchilar bilan optimal aloqani tashkil qilish natijasida tovarlarni o‘z
vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, strategik integratsiya guruhi
mavjud bo‘lib, bu barcha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirib, kompaniyaning
umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, bozor sharoitini o‘rganadi.
Ayrim hollarda
bunday tashkiliy strukturalarda odatdagi funksional bo‘limlarni saqlab qolgan holda,
ayrim bir biznes jarayonning pirovard natijalari uchun javob beruvchi ishchi guruhlar
tashkil qilinadi, funksional bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirib, keskin raqobat
sharoitida
korxonaning
yuqori
samaradorlik
bilan
faoliyat
ko‘rsatishi
ta’minlanadi.Yuqorida ko‘rsatilgan strukturaviy o‘zgarishlarning
bosh omili bozor
talablariga tezlikda moslashib, biznesning barcha sohalarida raqobatchilardan ko‘ra
ustunlikka erishishdiir. Masalan, LIMITED kompaniyasi ishlab chiqarayotgan
mahsuloti - ayolar kiyim-kechagini iste’molchilariga bir necha oyda yetkazib beruvchi
raqobatdoshlariga qaraganda o‘zi ishlab chiqarib va bir necha hafta ichida
iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Bu kompaniyaga
raqobat kurashida yuqori
darajada ustunlikka erishishiga yordam bermoqda.
Dostları ilə paylaş: