5
Kirish
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ‘’ va ta’lim
to’g’risidagi qonunlarda ko’zda tutilgan g’oyalar asosida ta’lim
sohasida amalga
oshirilayotgan tub islohotlar natijasida tashkil etilgan.
Malaka talablarida ko’rsatilgan barcha bilim, malaka va ko’nikmalarga ega
bo’lgan oliy bo’g’in mutaxasisslarini tayyorlab berish vazifasi qo’yilgan.
Bu vazifani
uddalash uchu Farmatsiya fakultetida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan
holda mashg’ulotlarni tashkil qilish hamda mustaqil o’rganishda
ham imkoniyat
beruvchi zamonaviy darsliklar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratish kerak.
Dastur asosida dori vositalarining instrumental tahlil usullari fanidan
,,Xromotografik tahlil usullari ‘’mavzularidan nazariy va amaliy o’tilishi ko’zda
tutilgan.
Ushbu o’quv-uslubiy qoʼllanma oliy ta’lim muasassalari
talabalari uchun
xromatografik
analiz usullari boʼyicha oʼzbek tilida qisqa nazariy savollarni va masalalarni oʼzida
mujassamalashtirgan toʼplam hisoblanadi. Ushbu o’quv-uslubiy qoʼllanmada gaz,
suyuqlik, ion-almashinish, yupqa qavat va qogʼoz
xromatografiyasi usullariga
bagʼishlangan nazariy bilimlar va masalalar keltirilgan. Barcha boʼlimlarda mavzuga
bagʼishlangan namunaviy masalalar yechishi bilan berilgan.
Masalalar echish
jarayonida yuzaga kelayotgan nazariy savollarga boʼlgan ehtiyojni qondirish uchun, har
bir qismida xromatografik analiz usullarining nazariy asoslari ham keltirilgan.
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmaning har bir mavzusi Fizika,
farmatsevtik kimyo,
analitik kimyo fanlari bilan bilan bog;lab o’tilgan.
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma Tibbiyot universitetlarining Farmatsiya fakulteti
talabalari uchun dori vositalarining instrumental tahlil usullari fanidan olgan bilimlarini
yanada mustahkamlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: