12
Pastdan yuqoriga qarab Yuqoridan pastga qarab haraktlanuvchi
harakatlanuvchi xromotografiya
xromotografiya
Aylana xromotografiya
Filtr qog'ozida hosil bo'lgan dog'lar ikki xil usulda ochiladi: kimyoviy va fizik.
Kimyoviy usul.
Zarur reagentlar plastinka ustiga quyiladi (purkagich yordamida) va
rangli dog'lar hosil bo'ladi. Plastinkadagi dog'larni ultrabinafsha nurlar yordamida
ham aniqlash mumkin.
Fizikaviy usul.
Ba'zi moddalar o'z tarkibida xromofor guruhlarini
saqlab qolganligi
sababli, ular ultrabinafsha nurda porlaydi (floressensiyalanadi). Agar tegishli moddalar
ultrabinafsha nurlarda ko’rinmasa, u holda sorbent tayyorlash jarayonida lyuminestsent
indikatorlar yoki ZnS qo'shib tayyorlanadi. Ba'zan, masalan,
erituvchi sorbent
qatlamidan bug'langandan keyin radioaktiv moddalarning dog'lari aniqlanganda, unga
yorug'likka sezgir plyonka yoki qog'oz yopishtiriladi.
13
Fizik usul
Kimyoviy usul
Yupqa qatlamli xromatografiya usuli yordamida moddalarni sifatini tahlil qilish uchun
standart namunalar yoki moddalarning Rf qiymati qo'llaniladi. Namunada bo'lishi
mo’mkin bo'lgan
begona moddalarning nusxalari, ya'ni guvoh moddalar dori
moddalaridagi begona birikmalarni aniqlash uchun ishlatiladi.
Yupqa qatlamli xromatografiya usuli yordamida moddaning
miqdoriy tahlilini
o'tkazishda aniqlanishi kerak bo'lgan modda plastinkaga kerakli miqdorda tomiziladi.
Plastinka xromatografiya qilinadi, dog'larning o’rni belgilanadi
va erituvchi yordamida
sorbent eritilib tarkibidagi moddalarning miqdori kimyoviy yoki fizik (SF, FEK)
usullari bilan aniqlanadi.
Ba'zan moddalarning miqdorini xromatografiyalashda hosil bo'lgan dog'lar
yuzasini aniqlash orqali ham aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: