194
ta‘sirini o‗tkazgan zahoti, iqtisodiyotda boshqa omillar mustaqil
ravishda o‗zgarishi mumkin, masalan (taklifning o‗sishi), shuning uchun
bitta sabab natijasidagi o‗zgarishlar uning ta‘siridan bo‗lganligini aniq
aytish qiyin. Agar fizik fanlarning laboratoriya texnikasini (ya‘ni
faqatgina bittadan tashqari doimiy hamma ta‘sirlarni ushlab turishning
va keyin takroriy tajribaning natijalarini kuzatishning iloji bo‗lganida)
iqtisodchilar
ishlata olganda edi, bu muammo bo‗lmas edi. Ammo
laboratoriya metodikasini qo‗llashning iloji bo‗lmaganligi sababli
boshqa metodologiya ishlatilishi kerak. Marshall ehtiyotkorlik bilan
o‗zining asosiy o‗ylab qo‗ygan tizimini rivojlantirib bo‗lgandan
keyingina bu metodologiyani ko‗rsatdi.
Iqtisodchilar amalda ta‘sir qilishi mumkin bo‗lgan barcha omillarni
o‗zgartirmay ushlab tura olmagani sababli ular nazariy jihatdan
abstraksiya orqali buni bajarishlari kerak. Iqtisodiyotda o‗zaro murakkab
munosabatlarni tahlil qilishda biz aniq elementlardagi o‗zgarishlar
ceteris paribus, ya‘ni ―boshqa narsalar o‗zgarmagan holda‖
sodir
bo‗ladi, deb faraz qilamiz. Har qanday tahlilning boshlanishida, ko‗p
narsalar o‗zgarmas tarzda ushlab turiladi, ammo tahlillar davom etishi
jarayonida ko‗proq elementlar o‗zgartirilishi
mumkin va shuning
hisobiga ko‗proq realizmga erishiladi. Real hayotdan uzoqlashish
hisobiga ceteris paribus uslubi murakkab muammolarni yechishga
imkon yaratadi.
Marshallning ceteris paribus, ya‘ni boshqa narsalarni o‗zgarmas
holda ushlab turish uslubidan foydalanishni
xususiy muvozanatning
ma‘lum bir shaklini tahlil qilishda qo‗llagan. Murakkab mujammoni
bo‗laklarga ajratib o‗rganish uchun biz iqtisodiyotning bir qismini
ajratib olamiz, iqtisodiyotning boshqa qismlarining o‗zaro aloqadorligini
rad etmagan holda tahlil maqsadida e‘tibordan chetga surib turamiz.
Masalan, biz boshqa barcha ta‘sirlardan ajralgan yakka uy xo‗jaligi yoki
firmaning harakatlarini tahlil qilamiz. Biz sanoatda narxlarni keltirib
chiqaruvchi talab va taklif mexanizmini tahlil
qilish orqali bir lahzaga
murakkab bo‗lmish bir-birining o‗rnini bosuvchi va to‗ldiruvchi sanoat
va boshqa tarmoqlar mahsulotlari o‗rtasidagi a‘loqalarni e‘tibordan
chetga surib turamiz. Xususiy muvozanat yondashuvining bir muhim
foydasi shuki, u orqali berilgan omilning dastlabki taxminiy ta‘sirini
bilish mumkin. Shuning uchun bu yondashuv muammolarni hal etishda
juda ham qo‗l keladi. Masalan, import soatiga tarif qo‗llashning ta‘sirini
oldindan aytib beradi. Oddiy taklif va talab tahlili xususiy muvozanat
tahlili davomida davlat siyosatining
tezkor ahamiyatini oldindan
195
bashorat qilish uchun foydalaniladi. Marshallning tartibi quyidagicha
bo‗lgan:
avvalambor,
xususiy
muvozanat
paytida
muammoni
ehtiyotkorlik bilan chegaralash, o‗zgaruvchilarni maksimal darajada
o‗zgarmas tarzda saqlash va tahlillar ko‗lamini
boshqa omillarni
o‗zgartirish orqali asta-sekin kengaytirish hisoblangan. Uning usuli ―bir
vaqtning o‗zida bir narsa‖ usuli, deb to‗g‗ri nomlandi.
Dostları ilə paylaş: