O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Qisman va umumiy muvozanat tahlili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Qisman va umumiy muvozanat tahlili 
O‗z mohiyatiga ko‗ra nazariyalar va modellardagi ba‘zi elementlar 
o‗zgarmas bo‗lganligidan modelning o‗zgarishiga ta‘sir qilmaydi, degan 
taxmin bor. Katta samara bergan laboratoriya tekshirishlari natijasida 
fizika kursidan ma‘lumki, tahlillarda ikkita o‗zgaruvchi mavjud bo‗ladi. 
Misol uchun, bir o‗zgaruvchi - suv massasi bo‗lsa, ikkinchisi unga ta‘sir 
qiluvchi issiqlik, deb qaraladi va ikkinchi o‗zgaruvchiga ta‘siri ko‗rib 
chiqiladi. Agarda takrorlanuvchi tajribada suv 212 daraja Farengeytda 
qaynasa, bunday holda ba‘zi bir sabablarga asoslanib, bunda o‗zgarmas 
bosim hal qiluvchi bo‗ladi, suvni shu darajada qaynaydi deb 
hisoblaymiz. 
Iqtisodchilar umumiy va nisbiy muvozanat modellarini farqlovchi 
omil bu ulardagi mavhumlik darajasining shartlariga qarab belgilanadi, 
deb ta‘kidlashadi. Nisbiy muvozanat tahlili kam sonli o‗zgaruvchan-


208 
largagina o‗zgarish imkonini beradi. Umumiy muvozanat tahlili esa ko‗p 
sonli o‗zgaruvchanlarning o‗zgarishiga imkon beradi. U barcha 
o‗zgaruvchilarga imkon bermasada, bu modelga ta‘sir ko‗rsatadi. Bular 
iqtisodiyot mohiyatini belgilab beradi. O‗z navbatida mahsulot ishlab 
chiqaruvchi texnologiyalar jamyatning institutsional tuzilishidan 
umumiy muvozanat modellarini shakllantiradi. Iqtisodiyot mohiyati va 
jamiyatshunoslik fanlari ortodoksal nazariya tomonidan sanoqli 
o‗zgaruvchilar bilan cheklanib kelingan.
Alfred Marshallga ergashuvchi ko‗plab tarafdorlar nisbiy 
muvozanat modellarini qo‗llashni o‗zlarining xo‗jalik, firma va sanoat 
tarmoqlaridagi tahlillari bilan cheklab kelganlar. Biz go‗sht mahsulotlari 
narxining pasayishi go‗sht sanoatiga qanday ta‘sir ko‗rsatishini ko‗rib 
chiqamiz. 
Nisbiy 
muvozant 
yo‗nalishini 
qo‗llab, 
taxminiy 
muvozanatdan boshlaymiz, narx qisqarishi bilan muvozanatni buzamiz 
va yangi nisbatni izga tushiramiz. Bu tahlilda iqtisodiyotning boshqa 
kuchlari o‗zgarmas qilib qo‗yilgan va buning go‗sht sanoatiga ta‘siri 
yo‗q, deb faraz qilamiz. Mol go‗shti narxining pasayishi uning iste‘moli 
ko‗payishiga va go‗sht narxining yangi muvozanat darajasiga tushishiga 
sabab bo‗ladi. Tahlil maydonini biroz kengaytiramiz va mol go‗shti va 
cho‗chqa go‗shti sanoatini birga olib qaraymiz.
Mol go‗shti narxining bunday pasayishi uning iste‘moli ortishiga, 
yanada arzonroq narxga va ko‗proq mahsulot yetkazib berishga olib 
keladi. Mol go‗shti narxining tushishi cho‗chqa go‗shtiga bo‗lgan 
talabga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Mol go‗shti narxi tushishi unga 
bo‗lgan talabni oshiradi va cho‗chqa go‗shtiga bo‗lgan talabning 
tushishiga olib keladi: xaridorlar cho‗chqa o‗rniga mol go‗shti iste‘mol 
qilishadi. Cho‗chqa go‗shtiga nisbatan talabning tushishi uning narxi 
pasayishiga olib keladi va bu o‗z o‗rnida mol go‗shtiga talabning 
tushishiga va uning o‗z narxidan yana pasayishiga olib keladi. Ikki 
mahsulot narxi va talabi o‗rtasidagi aloqalar ikki sanoat tarmoqlarida 
ham yangi muvozanat o‗rnatilmagunicha narxlardagi o‗zgarishlar va 
mahsuldorlikning kamayishi davom etadi. 
Bizning nisbiy muvozanat modelimizda mol go‗shti saoati boshqa 
tarmoqlardan ajratilgan holda o‗rganildi. Biz narx-navo tushishining 
natijalarini oddiy talab-taklif chizig‗i ko‗rinishida taqdim etamiz. Mol 
go‗shti taklifi chizig‗i o‗ngga yo‗naladi va yangi muvozanat paydo 
bo‗ladi. Lekin agarda mol go‗shti va cho‗chqa go‗shtining o‗zaro 
ta‘sirlanishini chizmada ifodalamoqchi bo‗lsak, chizma biroz murakkab 
ko‗rinish oladi. 9.1-chizmadagi S va S1 chiziqlar orqali go‗sht sanoatida 


209 
narxlar pasayishi natijasidagi o‗zgarishlarni ko‗rishimiz mumkin. Bu 
narx pasayishi cho‗chqa go‗shtiga bo‗lgan talabning pasayishiga olib 
keldi, d va d1 chiziqlar orqali cho‗chqa go‗shti narxining tushishini 
ko‗rishimiz mumkin. Cho‗chqa go‗shti narxining tushishi mol go‗shtiga 
bo‗lgan talabning pasayishiga olib keladi (D va D1). Bu ikki 
mahsulotning narxi va talabi orasidagi bog‗liqlik pastga yo‗nalgan qiya 
chiziq orqali yakuniy muvozanatga erishgunga qadar davom etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin