213
Iqtisodiyotning turli sohalarida bozorlar tomonidan yuzaga kelgan
mo„tadil sharoit boshlang„ich iqtisodiyot uchun umumiy muvozanatga
mos keladimi?
Valras bu murakkab savolga javob berdim, deb o‗ylagan edi, aslida
unday emas. Bu yerda doimiylik kuzatilishi natijasida yuzaga keladigan
qat‘iy sharoitlar mavjud.
Bozorlar tomonidan aniqlangan va umumiy muvozanat yechimi
tomonidan berilgan noaniqliklar so„nggi mahsulotlarning, omillarning
qiymatidir, so„nggi
mahsulotlar miqdori ta‟minlanadi va miqdor talab
qilinadi, omillar miqdori ta‟minlanadi va miqdor talab qilinadi. Bu
yerda qiymat va miqdorning boshlang„ich iqtisoiyotning umumiy
muvozanati uchun yagona to„plami mavjudmi?
Valras murakkab umumiy muvozanat ko‗rinishlari
mavjudligini
tan oladi, umumiy muvozanat tahlili hali hamon bu bilan kurashishga
majbur. Umumiy muvozanat nazariyachilari shartlar ostida bo‗ladigan
noyob birlashgan muvozanatni keltirishdi, lekin bular biz iqtisodiyotdan
kutishimiz mumkin bo‗lgan shartlar ekanligini ko‗rsata olishmadi.
Modelga kimdir o‗z mulohazalarini kiritishga harakat qilganida masala
yanada murakkablashadi. Bu modellarda murakkab muvozanat ko‗p.
Murakkab muvozanat yuzaga kelish ehtimoli umumiy muvozanatni real
hayotga tatbiq etishga to‗sqinlik qiluvchi muhim omillardan biridir.
Murakkab muvozanat qanday qilib farqlar keltirib chiqaradi?
Muvozanat baqarormi yoki beqarormi?
Muvozanat barqaror bo‗lishi shart emas,
agarda model
muvozanatdan chiqib ketsa, yana muvozanatga qaytadimi? Bu masala
tezda o‗z javobini topdi, turg‗unlik uchun shartlar ko‗rsatildi. Bu shartlar
hayotiylikka to‗g‗ri kelishi ko‗rsatilmadi. Ba‘zi hodisalar stabillikni
tugatishi mumkin. Bu jarayon bozor ishlarida so‗nggi
muvozanatga
natija ko‗rsatmaydigan matematik o‗zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Boshqa tarafdan esa so‗nggi muvozanatga erishsa bo‗ladi, lekin uning
holati tizimdagi o‗zgaruvchilar bilan birga bosgan yo‗liga bog‗liq.
Shundan kelib chiqib turli xil so‗nggi muvozanat darajalari ehtimoli
mavjud.
Muvozanat qanday qilib yuzaga keladi? Kim narx-navoni belgilaydi va
muvozanatsiz savdo holatida nima sodir bo„ladi?
Hozirgi kunda mikroiqtisodiy munozaralarda o‗ziga
xos rol
o‗ynaydigan bu savol Valrasni ham ko‗p qiynagan. U og‗zaki va yozma
nutqlarni o‗z ichiga olgan bir qancha dasturlarni va tatonoment
jarayonni taklif etdi; auksioner (Valrasian Auksioner nomini qozongan)
214
barcha narx va takliflarni ko‗rib chiqadi va barcha bozorlar uchun aniq
bo‗lgan narxlarni belgilaydi, shundan so‗nggina
savdo-sotiqqa ruxsat
beradi.
Bu masalalar muhim ahamiyatga ega, ammo bular Valras
muvaffaqqiyatlariga soya solmaydi. U hozirgi kunda barcha bilim ega-
lari beradigan savollar ustiga poydevor qurdi.
Umumiy muvozanat
mavjudligini va barqarorligini jamlash 1950- yillarda iqtisodchilarni
yaxshigina band qilib qo‗ydi. Boshqa savollar hamon o‗ylantirmoqda.
Valrasning tahlili matematik jihatdan mukammal bo‗lmasada, bu 1950-
yillar olimlari izlanishlari uchun yaxshigina tamal toshi bo‗ldi.
Valrasning
muvaffaqqiyati
manbasi
bo‗lgan
matematik
yondashuvlari umumiy muvozanat nazariyasining ba‘zi omadsizliklariga
ham sabab bo‗ldi. Valras o‗z modelida g‗oyalarni tahlil qilish uchun
hech qanday amaliy harakat qilmadi. Umumiy muvozanat nazariyasi
tahlili g‗oyalarni o‗lchash qiyinchiliklari orqali davrdan davrga o‗tib
kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: