219
so‗nggina nazariyani amaliyotga qo‗llay olish mumkin bo‗ladi‖
36
. Keyns
nazariyasida qo‗llab o‗tgan usulni tushunish orqali kelib chiqishi
mumkin bo‗lgan qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkin.
Ko‗pchilik iqtisodiy nazariyalar nokontekstual, deb nom olishi mumkin,
ya‘ni ular institutsional bo‗shliqda shakllanadi.
Bu kabi nazariyalar
deduktiv mantiq orqali tushuntirilishi mumkin, ular e‘tibor bilan
ko‗rsatib o‗tilgan farazlar asosida qilingan xulosalardan kelib chiquvchi
birlamchi tamoyillarga asoslanadi. Ushbu gipotezalarga kelishda har bir
shaxs uni haqiqiy tomondan emas, balki gipotezalar o‗rtasidagi o‗zaro
bog‗liqlikning ajralmas mantiqiy tomoniga e‘tibor qaratishi ta‘kidlanadi.
Bunday nazariyalar analitik nazariyalar, deb ataladi. To‗g‗ri bajarilgan
umumiy tenglik tahlili analitik nazariya hisoblanadi. Gipotezalar
haqiqiylikdan muqarrar tarzda ajratib ko‗rsatilishi natijasida keng
yoritilgan analitik nazariyalardan siyosiy xulosalar
chiqarish anchagina
murakkablik tug‗diradi.
Keyns turli xil nazariyalarni qo‗llagan, ulardan biri ―realitik‖ deb
nom olgan, chunki bu nazariya realistik hamda analitik yo‗nalishlar
o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni aks ettiradi. ―Realitik‖ nazariya
kontekstual sanaladi, u deduktiv mantiqni qo‗llash orqali iqtisodiyot
haqida induktiv ma‘lumotlar beradi. Gipotezalar asosida reallik yotadi.
Realitik nazariyalar bir-biridan ajralmas xususiyatlarga ega, ammo
ularning reallikka yaqindan bog‗liq bo‗lishi tufayli siyosiy xulosalarga
ega bo‗lish anchagina oson kechadi. Keyns
Umumiylik nazariyasida
mazkur prinsiplarni birlamchi o‗ringa qo‗ymadi, balki uning o‗rniga
gipotezalar asosida reallik yotishini ta‘kidlab o‗tdi.
Nazariyaga barcha
e‘tiborini qaratgan bo‗lsada, unda siyosiy mohiyat ham mavjudligini
anglay oldi. Keltirib o‗tilgan misollar realitik va analitik nazariyalar
o‗rtasida farqni keltirib chiqaradi. Keyns o‗z nazariyasining tasdig‗i
sifatida maosh va ish haqi darajalari bir-biriga bog‗liq tarzda o‗zgarmas
bo‗lishini aniqladi. Keyns
Umumiylik nazariyasida
o‗zgaruvchan narxlar
darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal
etishning iloji topilmadi, uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish u
uchun ahamiyatsiz edi; ishsizlik muammosini
qanday qilib hal etish
kerakligi masalasining mavjudligi o‗zgarmas maosh hamda narxlar
darajasini iqtisodiyotda qo‗llash zarurligidan dalolat berar edi. U realitik
yo‗nalish bo‗yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik
36
J. M. Keynes,
The General Theory of Employment, Interest, and Money
(London: Macmillan and
Co., 1936), p. 3.
220
model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keyns o‗z
nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldirdi.
Makroiqtisodiy
g‗oyalarning keyingi
shakllanish bosqichi
makroiqtisodiyotni analitik baza bilan ta‘minlash uchun ko‗makchi
bo‗ldi. Keyns davriy o‗zgarishlar jarayonida pulning miqdoriylik
nazariyasini qo‗llash haqida fikr yuritgan ikki jildlik
Treatise on Money
(
Pulga oid izohlar)
nomli kitobini ustida, keyinroq esa,
Umumiylik
nazariyasi
ustida ish olib bordi. Umumiylik nazariyasida Keyns oldinlari
birgalikda yaqindan ish olib borgan hamkasbi Denis Robertsonga
achinish hissi borligi sababli bu yo‗nalishni tark etdi. U buning o‗rniga
oddiy hamda yangi yo‗nalish – jamg‗arma va investitsiyalar o‗rtasidagi
bog‗liqlikka e‘tibor qaratdi. Murakkab maqsadga erishish yo‗lida Keyns
neoklassik monetar tengsizlik yo‗nalishini hamda ―klassik nazariya‖ deb
nomlangan va iqtisodiy g‗oyalar bo‗rttirib ko‗rsatilgan qadimiy klassik
yo‗nalishlarni birlashtirib o‗tdi. Buning natijasida u o‗zining yangi
yo‗nalishidan tubdan farqlanuvchi klassik ta‘limotning karikaturasini
yaratdi. Keynschilik maktabi multiplikator modeli (ba‘zida AYE/AP
modeli, deb ham ataladi), IS/LM modeli va AS/AD modeli kabi turli xil
modellarni tahlil qilishdi. Bu modellar 1980-yillar
mobaynida
makroiqtisodiyot sohasining asosini tashkil etgan va haligacha nashrdan
chiqqan qo‗llanmalarda o‗z aksini topib kelmoqda. Lekin Keynschilik
iqtisodiyoti o‗z ahamiyatini yo‗qotib borgani sayin zamonaviy
makroiqtisodiyot turli xil yo‗nalishlarda davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: