205
Marshallning narxni naflilikni o‗lchash vositasi
sifatida ishlatishi
ikkita asosiy qoidaga asoslanadi:
(1) bu yerda qo‗shimcha naflilik funksiyasi o‗rnini bosish va bir-
birini to‗ldirish bog‗liqligini hisobga olmaydi.
(2) ozgina narx o‗zgarishi natijasida kelib chiqadigan daromad
samarasi
juda ham kichkina, Edgeworth taklif qilganidek va Irving
Fisher ko‗rsatganidek naflilik qo‗shimcha naflilik funksiyasi orqali
o‗lchanishi mumkin bo‗lsa ham buning o‗rnini
bosish va bir-birini
to‗ldirish samaralari qo‗llaniladigan bo‗lsa, amalga oshirish mumkin
emas. Bundan tashqari Marshall va boshqalar tarafidan keltirilgan talab
nazariyasidagi ayrim xedonik elementlarga nisbatan umumiy tanqid
mavjud edi. Marshall bu tanqidlarga mayda terminologik o‗zgarishlar
orqali
javob qildi, xususan, naflilik o‗rniga to‗yinish so‗zini ishlatdi,
lekin u baribir naflilik pulda o‗lchanishi mumkin, degan g‗oyani
ta‘kidladi. Marshall iste‘molchi ortiqcha nafliligi tushunchasi bilan
bog‗liq muammolarni tushunib o‗zining
farovonlik iqtisodiyotida
qo‗llashda o‗lchovni faqat narxlarning ozgina o‗zgarishida ishlatdi.
Narxning kichik o‗zgarishlarida pulning Me‘yoriy nafliligi real hayotdan
uzoq bo‗lmaydi (ayniqsa, tovarga ishlatilgan xarajat umumiy xarajatning
kichkina qismini tashkil qilsa). Kichkina narx o‗zgarishida daromad
samarasi ham juda kichkina bo‗ladi, shuning uchun uni hisobga olmasa
ham bo‗ladi.
“Agarda kimdir tez hosil yig„ishni istasa, sabzi va ko„kat eksin; agarda
kimdir eman ekmoqchi bo„lsa, o„z-o„ziga: nevaralarim buning soyasida
mendan minnatdor bo„lishadi, deyishi kerak”
Leon Valras
Dostları ilə paylaş: