29
bo‗lgan moliya idoralarining to‗g‗ri ishlashi uchun «Artxashastra»da
aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib
borilishi zarur. Podsho xazinani o‗g‗irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi
kerak. Ammo bu yerdagi o‗g‗irlikni aniqlash juda qiyin bo‗lgan.
«Artxashastra» xazina mulkini o‗g‗irlashning 40 xil usulini ko‗rsatib
beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‗ra, osmondagi
qushning yo‗lini aniqlash osonligini qayd qilib o‗tadi. «Suvda suzib
yurgan baliq o‗sha suvdan ichayaptimi, yo‗qmi bilib bo‗lmaganidek,
ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‗zlashtirayaptimi, yo‗qmi aniqlab
bo‗lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste‘mol qilishning har xil
usullarini o‗rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o‗zgartirib
turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti
aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko‗paytirish va xarajatlarni
kamaytirishga» da‘vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari
nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi
Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko‗rsatib
berdi.
Dostları ilə paylaş: