137
ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo‗lgan joyda foyda ham bir xil
bo‗lishi uchun narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish
xarajatlari bo‗yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir
xil bo‗lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo‗lishlari kerak, shuning
uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning yozishicha, rentaga o‗xshagan, maxsus ko‗rinishga
ega bo‗lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega
bo‗lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to‗g‗risida boradi. Modomiki,
uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u
mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga
qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda
... ustunlikka ega bo‗lgan kishi renta oluvchiga o‗xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va
D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…,
balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar
mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot,
mehnatkashlar ish haqi ko‗rinishida iste‘mol qiladigan mahsulotdan 20
foizga ko‗p bo‗lsa, unda bahoning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar foyda
20 foizni tashkil etadi».
Dostları ilə paylaş: