133
o‗zini qo‗lga oldi va o‗z davri hamda barcha davrning yetuk namo-
yondasiga aylandi.
J.S.Mill o‗zining birinchi siyosiy iqtisod bo‗yicha «tajriba»sini 23
yoshida, ya‘ni 1829-yilda nashr etdi. 1843-yili unga shuhrat keltirgan
«Mantiq tizimi»
nomli falsafiy asari vujudga keldi.
Asosiy asari
«Siyosiy iqtisod tamoyillari…»
bo‗lib, u 1848-yili chop etilgan. Bu
asar beshta kitobdan iborat: (1) ―Ishlab chiqarish‖, (2) ―Taqsimot‖, (3)
―Ayirboshlash‖, (4) ―Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va
taqsimotga ta‘siri‖, (5) ―Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta‘siri
to‗g‗risida‖. Bu asarning so‗zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy
bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg‗or zamonaviy g‗oyalarni
hisobga
olgan
holda
A.Smitning
―Odamlar boyligi...‖ va
D.Rikardoning ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi‖ning yangilangan
variantini yaratishni o‗ziga maqsad qilib qo‗ygan. Asarning ushbu
yuqoridagi ko‗rinishda tuzilishi esa
muallifning fikricha, Smit-Rikardo
iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi.
J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommalashtirdi,
balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga
aniqlik kiritildi, xulosa va yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli
qilib asoslab berildi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni
boylikning mohiyatini, uni ishlab
chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida
ta‘riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga
ega bo‗lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti
(mutaxassisi) bo‗lishiga qaramay, u o‗zining
aqliy qobiliyatini
iqtisodiyotchilarni qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko‗ra ancha
kengroq ijtimoiy masalalarga yo‗naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini
yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham
atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimizm (kelajakka ishonchsizlik)
fikrlari o‗rniga jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka
ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta‘lim doirasi keng bo‗lishiga qaramay
Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David
Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta‘limotlari tasir ko‗rsatgan. Mill
iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko‗rinishi sifatida qaraydi.
Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi.
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta‘limotlar rivojidagi o‗rnini
aniqlash qiyin. U klassik
davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng
doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta‘limotlarini o‗zgartirishga
134
sabab bo‗ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o‗zida klassik
iqtisodiyotning
yetuklik
davri
hamda
iqtisodiy
g‗oyalarning
rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki
yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ asari
birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill
tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo‗lsada,
kitobda uning iqtisodiy
qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi
kerak bo‗lgan bir qancha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o‗tilgan. Mill
Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19-
asrning ikkinchi chorigida paydo bo‗lgan yangi ta‘limotlarni qo‗shishni
o‗zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil
qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini
rivojlantirishga hissa qo‗shgan buyuk tafakkur egasi bo‗lgan.
Jon Styuart Mill o‗zining ―
Siyosiy iqtisod tamoyillari
‖ (1848-y)
asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―
Siyosiy iqtisodning
boshlanishi va soliqqa tortish
‖ asari chop etilganidan so‗ng boshlangan
kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim
g‗oyalarni qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning
g‗oyalarining eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki
uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko‗rib chiqilishi
hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini
bartaraf etilishini ko‗rishimiz mumkin. Millning iqtisodiyotga qo‗shgan
hissasini aytishdan oldin Rikardoning ko‗plab tanqidlaridan bir
nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta
asosiy manbaga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: