125
chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U
qiymat birlamchi, shu bois daromadlar
bilan aniqlanishi mumkin emas,
deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o‗zini
qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdori
ekanligini namoyish etadi.
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik
iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda
e‘tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat
unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital
va xomashyoni ishlab
chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini
qayd qilib o‗tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati
esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‗liq bo‗ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan
qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu
nazariyasini birinchi bo‗lib tanqid qilgan o‗zining do‗sti T.Maltus
hisoblanadi.
U birinchidan, savol qo‗yadi: agar qiymatning mehnat
nazariyasini to‗g‗ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to‗lash qanday
bo‗ladi: qiymat bo‗yichami yoki qiymatdan past baho bo‗yichami? Agar
baho qiymatdan past bo‗lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili
buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo‗lgan tovarlar
ayirboshlanadi) – bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning
asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning
mehnat nazariyasi
real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‗rsatib beradi: agar qiymatning
yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo‗lsa, unda mehnat ko‗p
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar kapital ko‗p sarflanadigan
tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‗proq foyda olishlari kerak.
Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda Me‘yori deyarli bir xil.
Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan
emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham
aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o‗limidan
sal avval,
o‗zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o‗lchanadi, deb tushun-
tirishga qilgan harakati noto‗g‗ri ekanligini tan olgan.
Renta nazariyasi.
D.Rikardoning renta to‗g‗risidagi konsepsiyasi
bugungi kunda ham o‗z faolligi bilan ajralib turadi. Ye
rdan
126
foydalanganlik uchun hamisha renta to„lanadi,
bunda uning manbayi,
D.Rikardoning tasdiqlashicha, yerga sarflangan mehnat hisoblanadi.
Yer resurslari cheklanganligi sababli, xo‗jalik
amaliyotida
unumdorligi va joylashishi bo‗yicha har xil bo‗lgan yer uchastkalaridan
foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining
qiymati D.Rikardo bo‗yicha, eng yomon uchastkada ishlatiladigan
mehnat sarflari bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: