119
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor
holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‗lishi mumkin. Ushbu
tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam
bo‗lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo‗lgan bo‗ladi va tadbirkorlar
ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning
oshishi va taklifning ko‗payishini rag‗batlantiradi. Natijada bozor
bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning
yetishmasligi, tabiiy va sun‘iy monopoliyalarning mavjudligi bilan
bog‗liq holatlar bundan istisno.
Dostları ilə paylaş: