114
A.Smit boylikni ko‗paytirishda pulning o‗rniga alohida urg‗u berib
o‗tadi. Uning tasdiqlashicha,
qimmatli metallarning, pulning maxsus
ahamiyati to‗g‗risidagi merkantilistlarning fikri noto‗g‗ri. Agar pulni
jamg‗arish asosiy maqsad bo‗lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu
esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo‗lgan
mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini
ko‗paytirishda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o‗sishi,
manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini
ko‗rsatib beradi. U kapital, deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini,
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarishning moddiy omillarini
tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma kapital turlariga ajratib
ko‗rsatadi. Muomalada bo‗ladigan kapital aylanma kapital, muomalada
amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo‗yicha
asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning
o‗sishi – millat boyligini ko‗paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va
puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko‗p bo‗lsa,
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‗p
bo‗ladi. Buning ustiga kapitalning o‗sishi ayrim vaziyatlarda boylikni
ko‗paytirishning yagona vositasi bo‗lishi mumkin. Shuning uchun
A.Smit tejamkorlikni qo‗llab-quvvatlaydi. Uning yozishicha, «har bir
isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam –
jamiyatga muruvvat ko‗rsatuvchidir».
Dostları ilə paylaş: