O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

b) iqtisodiy erkinlik prinsipi 
Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir-birlari bilan bog‗lab 
turuvchi va ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini 
beruvchi mexanizmning bo‗lishini taqozo etadi. Bunday mexanizm 
bozor hisoblanadi. Bozor to‗g‗risida A.Smit ta‘limotidagi asosiy g‗oya 
iqtisodiy liberalizm g‗oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
minimallashtirish g‗oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho 
yordamida iqtisodiyotning o‗zini o‗zi boshqarish g‗oyasi hisoblanadi. 
Uning ta‘limotiga ko‗ra bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi 
(koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlarini uyg‗unlashtiradi. Bozor 
iqtisodiyoti novvoyni shirin non yopishga, bog‗bonni ekologik toza 
meva-sabzavot yetishtirishga, savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon 
bahoga tovarlar olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste‘molchilar 
ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqaruvchilar yashab 
keta oladi. Demak, ko‗proq foyda olish ishtiyoqida bo‗lgan 


115 
tadbirkorlarning bir tomonlama manfaatlari ularni jamiyatning boshqa 
a‘zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi. 
―Menga nima kerak bo‗lsa, shuni menga ber va sen o‗zingga nima 
kerak bo‗lsa o‗shani olasan‖. Aynan shunday ko‗rinishda odamlar 
o‗zlari ehtiyoj sezgan narsalarni bir-birlaridan ko‗proq olishga 
erishadilar. 
A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqalarning 
erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning 
fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin 
raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib kelgan 
bo‗lar edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o‗zgarmas «tabiiy» 
iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi 
bo‗yicha shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya‘ni 
jamiyat manfaatlari uning a‘zolari manfaatlarining yig‗indisi, deb 
qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‗proq ta‘sir 
ko‗rsatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u 
birinchi bo‗lib iqtisodiyotni o‗zining ichki qonuniyatlariga muvofiq 
amal qiluvchi, obyektiv, odamlarning irodasiga bog‗liq bo‗lmagan tizim 
sifatida qaraydi. Bunday tizim o‗zining ichki qonuniyatlariga muvofiq 
amal qiladi. 
A.Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko‗rsatib 
o‗tadi. «Har xil sabablarga ko‗ra, – deb yozadi u, – hukumat doimo va 
beistisno tarzda isrofgar. Eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni 
sarflaydi, o‗zgalar pulini esa hamisha o‗zingnikidan ko‗ra behuda 
sarflaysan. Bundan tashqari hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq 
turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan 
e‘tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch 
funksiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini 
ta‘minlash, jamiyat uchun zarur bo‗lgan ijtimoiy korxona va 
muassasalarni ta‘minlash. 
A.Smit merkantilistlarning proteksionizm siyosatini tanqid qiladi. 
Unga ko‗ra chetdan ancha arzon bahoga olib kelish mumkin bo‗lgan 
tovarni o‗zida ishlab chiqarish be‘mani narsadir. «Har qanday ongli oila 
boshlig‗ining qoidasi sotib olishdan ko‗ra uyda tayyorlash qimmatga 
tushsa, uni uyda tayyorlamaslikdan iborat... Ayrim oilalar uchun oqilona 
hisoblangan narsa bir butun davlat uchun be‘mani hisoblanmaydi». 
Erkin raqobat sharoitida bozor mexanizmi eng avvalo, ―baho‖ orqali 
iqtisodiyotda tartib o‗rnatadi. Baho bozor xo‗jaligining asosiy tashkiliy 
kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o‗zgarishi to‗g‗risida ishlab 


116 
chiqaruvchilar bilan iste‘molchilarga signal berib turadi, ularni bir-
birlarining manfaatlariga moslashishga majbur etadi. Baho orqali talab 
asosida kapital qo‗yilmasi amalga oshiriladi, kerakli mahsulotlar ishlab 
chiqariladi. Odamlar bir-birlariga xizmat qilish orqali o‗z manfaatlarini 
amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti o‗z-o‗zidan amal qilayotgandek 
ko‗rinadi, aslida u xatolar va tuzatishlar uslubida tartibga solib turiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin