127
VII BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING
YAKUNLANISHI
7.1.T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo‗lmagan
mualliflarni sharmanda qilish «an‘anasi» bor edi.
Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan
g‗oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltusning g‗oyalari bo‗lsa kerak.
Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti),
odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki,
T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy
muxolifatlari bo‗lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq
ustunliklariga ishongan liberallarning ham g‗azabini qo‗zg‗atgan. Nega
T.Maltusni shunchalik yomon ko‗rishgan? Pessimizmi uchun, aholi
farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir
sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi,
xo‗jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli
umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo‗lsalar, ikkinchisi,
turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va
xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta‘minlanishiga ishongan. Unisiga
ham, bunisiga ham pessimizm yot bo‗lgan.
Ingliz iqtisodchisi
Dostları ilə paylaş: