Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari 
Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim tashkilotini 
tamomlaganidan keyin oxirgi o‘n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida yoki 
oliy ta’lim tashkilotida “Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan dars berish sohasida ish stajiga 
(shu jumladan o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan 
talabgor uchun auditorlik tashkilotida kamida bir yillik ish staji (shu jumladan o‘rindoshlik asosida) 
talab qilinadi.
Talabgorning iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda, 
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ish staji talab etilmaydi. 
22-modda. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur 
bo‘lgan hujjatlar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Talabgor dastlabki besh yillik muddatga sertifikat olish uchun auditorlarning respublika 
jamoat birlashmasiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: 
(22-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-
yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ma’lumotlari; 
(22-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 
03/22/759/0213-son) 
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatning yoxud chet 
davlatda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi tegishli 
vakolatli davlat organi guvohnomasining ko‘chirma nusxasini
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, 
xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda); 
mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini (o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan 
taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan holda, shuningdek xorijdagi ish stajini 
tasdiqlovchi hujjatni) yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan 
ko‘chirmani; 
arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma 
nusxasini. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Auditor sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning dastlabki besh yillik 
muddati yoki navbatdagi o‘n yillik muddati tugashidan uch oy oldin, biroq sertifikatning amal qilish 
muddati tugashidan ko‘pi bilan olti oy oldin auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga quyidagi 
hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: 
(22-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-
yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 
sertifikatning asl nusxasini; 
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, 
xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda); 


mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo 
dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani; 
arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma 
nusxasini. 
Ushbu moddaning 
birinchi
 va 
ikkinchi qismlarida 
belgilangan hujjatlar yozma yoki elektron 
shaklda taqdim etiladi. 
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin