Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

24-modda. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, auditorlarning respublika 
jamoat birlashmasi qabul qilingan qaror to‘g‘risida talabgorni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda 
uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. 
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: 
talabgorning ushbu Qonun 
21-moddasida 
belgilangan malaka talablariga muvofiq emasligi; 
ushbu Qonunning
22-moddasida 
nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim 
etilmaganligi. 
Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish rad etilgan talabgor kamchiliklar bartaraf 
etilganidan keyin ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli. Kamchiliklar o‘n besh ish kuni ichida 
bartaraf etilganda arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi. 
25-modda. Sertifikatni rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini 
berish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sertifikat auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan malaka komissiyasining 
bayonnomalari olinganidan keyin o‘n kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston 
Respublikasi hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartishlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan e’tiboran sertifikatni bergan auditorlarning respublika jamoat 
birlashmasiga sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida bir oylik muddatda ariza berishi shart. 
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish auditor qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan 
sertifikatning asl nusxasini va tegishli o‘zgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma 
nusxalarini ilova qilgan holda sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan kundan 
e’tiboran besh ish kuni ichida amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirish chog‘ida avval berilgan 
raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan sertifikatning yangi blankasi beriladi. 
Ilgari berilgan sertifikat blankasi yo‘q qilinadi. 
Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o‘rniga auditorning sertifikatning 
dublikatini berish to‘g‘risidagi arizasiga asosan uning dublikati beriladi. Sertifikat yo‘qolganligi 
to‘g‘risidagi axborot vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sertifikatning 
dublikati aynan o‘sha raqamda va ilgari belgilangan amal qilish muddatiga, sertifikatning yangi 
blankasida “Dublikat” degan yozuv albatta kiritilgan holda beriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat uni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga 
qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim. 
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(25-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin