Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

4-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar 
Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy 
bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir. 
5-modda. Mustaqillik prinsipi 
Auditor taxminlarga asoslanib fikr bildirishdan xoli bo‘lishi va o‘zining obro‘sini 
tushiradigan faktlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Auditorlik tashkiloti mustaqilligiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda
auditorlik xizmatlari ko‘rsatishni rad etishi kerak. 
6-modda. Xolislik va halollik prinsipi 


Auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga 
asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid 
fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
7-modda. Chuqur kasbiy bilimga egalik prinsipi 
Auditor ushbu Qonun talablariga rioya etishi, yetarli darajada chuqur kasbiy bilimga ega 
bo‘lishi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini auditorlik tashkiloti tarkibida sifatli auditorlik 
xizmatlari ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turishi kerak. 
8-modda. Axborotning maxfiyligi prinsipi
Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonida 
o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni o‘ziga auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning 
yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o‘zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin