Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

28-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari 
Auditorlik tashkiloti: 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan 
tanishib chiqishni amalga oshirishga; 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil tarzda belgilashga;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq hujjatlarini to‘liq hajmda olishga, shuningdek ushbu 
hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday 
majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirishga; 
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilingan auditorlik tashkiloti tanlovlarida 
ishtirok etishga, shuningdek tanlov shartlari bilan tanishib chiqish va o‘z takliflarini taqdim etishga; 
xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan, audit 
qo‘mitasidan auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelgan masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma 
tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar 
olishga; 
uchinchi shaxslardan axborotning yozma tasdiqnomalarini olishga; 
auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishni rad etishga; 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etish uchun boshqa mutaxassislarni ekspert 
sifatida jalb etishga; 
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga turdosh 
xizmatlar ko‘rsatishga, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va 
moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha 
moliyaviy hisobot tuzish, taftish komissiyasi (taftishchi) vazifalarini, investitsiya aktivlarini ishonchli 
boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish mustasno; 
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga hamda boshqa 
nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashishga haqli. 
Auditorlik tashkiloti qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi 
shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin