4-bob. Auditorlik tashkiloti. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 27-modda. Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga
kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkiloti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotlariga tadbirkorlik faoliyatining ushbu Qonun
32
va
33-moddalarida
nazarda tutilgan turlaridan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek
qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar
auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda
nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil
etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi
kamida to‘rt nafar auditordan iborat bo‘ladi;
auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini
amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan
shakllantiriladi;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan ulush kamida
ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining
filiali yoki shu’ba xo‘jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno);
auditorlik tashkilotiga faqat o‘zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan
auditor rahbar bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi
mumkin emas.
Ushbu moddaning
oltinchi qismi
talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda auditorlik
tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kun muddatda vakolatli davlat organini
bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib
o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud auditorlik
faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Ushbu moddaning
oltinchi qismi
talablariga
nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlari
o‘tkazish taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasi bo‘lishi
va bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir
xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
O‘zi haqidagi ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan
sanadan e’tiboran uch oy davomida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga
kiritilmagan tijorat tashkiloti o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan
foydalanishga haqli emas.
Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik
faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.