Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

40-modda. Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmasdan tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra 
tuzilgan, biroq xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor (auditorlar) 
tomonidan olingan va o‘rganilgan hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik xulosasi bila 
turib soxta tuzilgan deb hisoblanadi. 
Auditorlik xulosasi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga ko‘ra, bila turib soxta tuzilgan 
deb topiladi. 
Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish auditorlik tashkilotini Auditorlik 
tashkilotlarining reyestridan chiqarishga, auditorlik tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik 
tekshiruvida ishtirok etgan auditorlar sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor 
shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
7-bob. Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritish 
41-modda. Auditorlik tashkilotlarining reyestri 
Vakolatli davlat organi Auditorlik tashkilotlarining reyestrini elektron shaklda yuritadi, unda 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 
auditorlik tashkilotining nomi va joylashgan eri (pochta manzili); 
auditorlik tashkilotining telefon raqami
auditorlik tashkilotining elektron manzili va rasmiy veb-sayti (mavjud bo‘lgan taqdirda); 
auditorlik tashkilotining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 
auditorlik tashkiloti rahbarining va auditorlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ular 
sertifikatlarining raqami hamda olingan sanasi; 
auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sana; 
Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilish asoslari va sanasi. 
Auditorlik tashkilotlarining reyestridagi mavjud axborot tanishib chiqish uchun ochiqdir.
42-modda. Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish 
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan auditorlik tashkiloti ma’lumotlarni Auditorlik 
tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun vakolatli davlat organiga ma’lumotnomani va auditorlar 
mehnat daftarchalarining ko‘chirma nusxalarini (“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-


apparat kompleksidan ko‘chirmalarni) pochta orqali yoki elektron shaklda yuboradi. 
Ma’lumotnomada auditorlik tashkilotining nomi, pochta va elektron manzili, veb-sayti (mavjud 
bo‘lgan taqdirda), telefon aloqa raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi. 
Vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib 
chiqqanidan keyin besh ish kuni ichida auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga 
kiritishni amalga oshiradi. 
Vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotni quyidagi hollarda 
Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritmaydi: 
auditorlik tashkiloti tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda
auditorlik tashkiloti ushbu Qonunning 
27-moddasi 
talablariga muvofiq bo‘lmaganda. 

Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin