Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi



Yüklə 273,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix07.01.2024
ölçüsü273,06 Kb.
#206700
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida

35-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi 
Quyidagi tashkilotlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim: 
aksiyadorlik jamiyatlari; 
banklar va boshqa kredit tashkilotlari; 
sug‘urta tashkilotlari; 
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlovchi 
boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari; 
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya, jamoat 
fondlari va boshqa fondlar
ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar va davlat unitar korxonalari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
birjalar; 
(35-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-
yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 
hisobot yili yakunlariga ko‘ra quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob 
bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming 
baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik 
soni yuz nafardan ortiq bo‘lsa. 
Quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining ushbu moddaning 
birinchi 
qismida 
ko‘rsatilgan tashkilotlarning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yiladi: 
shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga 
ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditorning mavjudligi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, auditorlik 
faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi hollari mavjud emasligi. 
Banklarning auditorlik tekshiruvi shtatida banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish 
huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditor mavjud bo‘lgan 
auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy 
auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari sifatida ish yuritadi. 
Ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin o‘n besh kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning 
15-iyunidan kechiktirmay, soliq organlariga auditorlik xulosasining ko‘chirma nusxasini taqdim 
etadi. 
Majburiy auditorlik tekshiruvini qonunga muvofiq o‘tkazishdan bo‘yin tovlash xo‘jalik 
yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. 
Yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan keyingi yilning 15-
iyunigacha o‘tkazmaslik va auditorlik xulosasining yo‘qligi xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy 
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi. 
Soliq organlari tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga 
qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmaslik xo‘jalik yurituvchi subyektdan bazaviy hisoblash 
miqdorining yuz baravari miqdoridagi summada jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi 
subyekt jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektga 
nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib 
chiqiladi. 
Jarimani to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan 
ozod qilmaydi. 



Yüklə 273,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin