“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-45, Issue-1, November -2023
67
TA’LIM JARAYONIDA “BULUTLI” TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Shamuratova Marjangul Joldasbaevna
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bulutli texnologiyalardan foydalanishning
o'zgaruvchiligi, o'qitish usullari va ta'limning sifati uchun o'ziga xos ko'rsatkichlarni
chuqurlashtirishga yordam beradigan ma'lumotlar to'plangan, izlanilgan, va hisobotlar
taqdim etilgan. Ta'lim muassasalari va ta'lim sohasidagi mutaxassislar, o'qituvchilar,
va talabalar uchun bu tadqiqotdan chiqadigan natijalar, ta'lim jarayonini yangilash va
ta'limning samaradorligini oshirishda muhim bo'lib, ularning rivojlanishiga yordam
bera olishi mumkin.
Kalit so’zlar:
Bulutli
texnologiyalar,
intelektual
salohiyat,
raqamli
texnologiyalar, web-ilovalar:
Kirish
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati, birinchi navbatda jamiyatning
intelektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bog’liq. Hozirgi
kunda ta’lim mazmuni va sifat masalalari jamiyatda ustuvor yo‘nalish sifatida
ko‘rilmoqda. Dunyonining rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni
raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta’limni rivojlantirish,
uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda zamonaviy pedogogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarori “Oliy va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son
Farmoni “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi” ta’lim jarayoniga “Bulutli texnologiyalar”ni joriy etish masalasiga
alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois, bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq
xizmatlaridan foydalanish ta’lim muassasalarida bugungi kun ehtiyojlarini qondirishda
eng samarali usullardan biri hisoblanadi.
Asosiy qism
Ta'lim jarayonida bulutli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi,
o'qituvchilar, talabalar va ta'lim muassasalari uchun bir qancha muhim foydali
imkoniyatlarni o'z ichiga oladi. Bulutli texnologiyalar, ma'lumotlarni internet orqali
olib borish, o'rganish va ma'lumot almashishda ishlatiladigan onlayn platformalar,
Dostları ilə paylaş: |