Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasimlar, Bolalar kutubxonasi, O`yin markazi.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Assalomu alaykum, bolajonlar. Bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan oy
mavzusi asosida yaxshi ishlarimiz haqida suhbatlashamiz.
- bilasizlarmi bolajonlar yerdagi barcha transport (turli) vositalar, svetafor bilan boshqariladi.
Hozir men sizlarga rasim ko`rsataman, sizlar esa uning nomini aytasizlar.
(Poyezd, samalyot, mashina, avtobus rasimlari ko`rsatiladi).
Bolalar javobi: Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar sizlar transport vositalarining nomlarini yaxshi bilib
olibsiz. Endi ularning qanday vazifa bajarishini so`rayman.
- Poyezd qaysi yo`lda harakatlanadi?
Bolalar javobi: poyezd maxsus temir yo`lida harakatlanadi. Kelinglar birgalikda poyezd
ovozini o`xshatamiz?
(Bolalar jo`r bo`lib poyezd ovoziga taqlid qilishadi).
Tarbiyachi: Avtobusda o`zimizni qanday tutishimiz kerak?
1-bola: Avtobusda ko`p kulish, haydovchiga halaqit berish mumkun emas
2-bola: Yugurib yurish, oynasidan bosh chiqarish mumkun emas.
Tarbiyachi: Kim menga havo transportlarini nima ekanini aytib beradi?
1- bola : samalyot, vertalyot, raketa
Tarbiyachi: Samalyot qanday harakatlanadi? Qani kim menga ko`rsatib beradi?
(Bolalardan biri samalyot uchgandek qo`llarini harakatlantiradi)
Tarbiyachi: Endi kim menga suvda harakatlanadigan transportlarni aytadi?
2-bola: Paraxod, kema, ayiq
Tarbiyachi: Topishmoq aytaman javobini toping!
1. Navkar otim gub etdi.
Fazoni yorib o`tdi. (raketa)
2. Keng fazoni quchadi,
Oylab yillab uchadi (raketa)
Tarbiyachi: Bolalar Faoliyatdavomida nimalarni rasmini chizdingiz