1-bola: kema, qayiq, paravoz
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bu transportlarni nima uchun yer usti transportlari deb
ataymiz?
2-bola: chunki hammasi suvda yuradi.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar men hozir sizlarga “Hazrat Nuxning” kemasi va to`foni
hodisasi ibratli hikoyasini o`qib beraman. Bolalar endi ushbu hikoya asosida savol-javob
o`tkazamiz.
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga bir topishmoq aytaman va javobini topasizlar, keyin bo`ginlarga
ajratamiz.
Qanoti bor ucholmaydi
Quruq yerni qucholmaydi
Bolalar javobi: Kema
Tarbiyachi: Endi kema so`zini bo`g`inlarga ajrataylik!
1-bola: Ke-ma ikki bo`g`indan iborat
Tarbiyachi: Barakalla endi bolajonlar hammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz. Chizish
uchun bizlarga nimalar kerak bo`ladi?
Bolalar javobi: oq qog`oz va qalamlar
Tarbiyachi: Barakalla kim chizgan kema chiroyli chiqar ekan. Kemani chizishda biz qanday
shakldan foydalanamiz?
Bolalar javobi: Yarim doira shaklidan
Tarbiyachi: Raxmat. Bolalar qayiq, kema, paravozlardan nimalar uchun foydalanamiz qani
kim menga aytadi?
1-bola: qayiqda o`tirib baliq tutish uchun
2-bola: kemada katta katta yuklarni tashish uchun
3-bola: paravozda sayrga chiqishda, atrofni kuzatishda
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar bizga suv osti transportlari ham juda kerak ekan! Bolalar
kelinglar endi birgalikda lego o`yinchoqlarimizdan foydalanib qayiqcha yasaymiz.
Tarbiyachi birgalikda qayiqcha yasaydilar. Mashg`ulotga faol qatnashgan bolalarni
rag`batlantiriladi.
23-Mavzu: “Bizning yaxshi ishlarimiz”
(Bolalar ijodidan) Maqsad: Bolalar tevarak atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish, qilinayotgan yaxshi ishlar
haqida umumiy tushuncha berish. Bajargan ishlariga ijobiy munosabatda bolishga, birlik va
ko`plik qo`shimchalari, savollarga aniq va to`liq javob berishga o`rgatish. Topishmoqlarni
sezgirlik bilan topib, javoblarini to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish.