Mening jonajon O`zbekistonim


“Kiyimlar nomini ayt” o`yini orqali bolajonlarni nutqi ustida ishlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

 
“Kiyimlar nomini ayt” o`yini orqali bolajonlarni nutqi ustida ishlash. 
 
31-Mavzu:
“Bayramona yangi yil” 
Ta’limiy maqsad: 
Bolalar nutqini faollashtirish, tafakkur olamini, lug`atini boyitish. Qish 
fasli, yangi yil bayramiga oid bilimlarini mustaxkamlash. Yangi yil bayramini nishonlash, 
ertak qahramonlari to`g`risida bilim berish.
Qish faslida qorlar yog`ishi, ayrim o`rmon hayvonlari uyquga ketishi, havo harorati 
pasayishi, qishgi o`yinlar, qorbobo yasash, qorbo`ron o`yini, qishgi kiyimlar haqida bilim 
berish.


44 
Tarbiyaviy maqsad: 
Bolalarda hamkorlik, bir biriga do`stona munosabatda bo`lish, jamoada 
o`zini tuta bilish, bolani “Men”ini rivojlantirish, Faoliyatjarayonida o`zini tuta bilish, 
jamoaga tayyor inson qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: 
Bolalarda Men konsepsiyasini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni, 
nutqini faollashtirish, bundan tashqari mayda qo`l motorikasi, yirik motorika va 
sensomotorikalarni rivojlantiriladi, mo`ljal olish qobilyati orqali mashg`ulotni bajara oladi.
Kutilyotgan natija: 
Bolada mustaqil fikrlash, narsa, buyumlarni tanlab olish, shu 
yo`nalishda harakatlanishga qarab, bolaga tashxis qo`yish, u kelajakda qaysi soxa 
yo`nalishiga qiziqishini aniqlash, bir biridan qizg`onish xissini yo`qotish, jamoa bo`lib 
do`stona ishlashga undash va bunga erishish.
Kerakli jixozlar: 
noutbuk, proyektor, archa, archa uchun o`yinchoqlar, qish fasli 
tasvirlangan rasmlar, tabiat hodisalari (qor, muz, qor parchalari, bulut). 
Nutq va til markazi. Faoliyatning borishi: 
Tarbiyachi:
Yurtimga hush kelding salom yangi yil 
Qadamlaring qutlug` qorqiz qorbobo 
Oq harir libosdan quvonadi dil 
Yangi orzu havas o`ylar marhabo 
Tarbiyachi: 
Assalomu alaykum aziz bolajonlar, hozir o`lkamizda qish fasli. Qishda kunlar 
sovuq bo`ladi. Daraxtlarda burglar yo`q bo`ladi. Qor yog`adi. Odamlar issiq kiyimlar 
kiyadilar. Bugun bolajonlar, “Yangi yilni kutamiz” mavzusida suhbatlashamiz. Sizlar bilan 
bugun bog`chamizda qish faslidagi o`zgarishlar haqida rasmlar yordamida savol-javob 
o`yinini o`ynaymiz.
Tarbiyachi bolalarga tabiatdagi o`zgarishlar haqida rasmlar ko`rsatadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin