Qo`shimcha qism: Endi bolajonlar guruximizdagi san’at faollik markazimizga qilgan
ishlarimizni olib borib tartib bilan joylashtiramiz.
Etiborga molik jixat: Bolajonlar birgalikda jamoa bo`lib ishlashni o`rganishi
32-Mavzu: “Qorbobo va qorqiz”
Ta’limiy markaz: Bolajonlar tafakkurolamini boyitish, bilimini oshirish, “Men”
konsepsiyasini rivojlantirish, atrof olam, qish mavsumidagi hodisalarni anglash. Hamma
sevhan qorbobo , qorqiz qahramonlari bilan tanishish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni bir-biriga do`stona munosabatda bo`lishiga, bir-birlari bilan
jamoa bo`lib ishlashiga va do`stlik xissini uyg`otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Birinchi navbatda bola “Men”ini rivojlantirish va nutqini ravon,
tiniq bo`lishi ko`zda tutilgan. Bundan tashqari qorbobo va qorqizga bo`lgan mehr muhabbat
tuyg`ularini rivojlantirish.
Kutilyotgan natija: O`rmon hayvonlarini ajrata olish, o`zlariga yoqqan o`brazlarga kirishi
va mustaqil fikrlay olishi.
Kerakli jixozlar: Yasalgan daraxtlar, bo`ri, tulki, quyon, ayiq, olmaxon, qorbobo va qorqiz
kiyimlari. Savatchada yong`oqlar va rangli sharlar.
Syujetli-rolli o`yinlar va drammalashtirish markazi: Favoliyatning borishi: Tarbiyachi: (bayramona kiyimda): Assalomu alaykum bolajonlar sizlarga qiziqarli ertak
aytib beraman: Bir bor ekan, bir yo`q ekan, qadim qadim zamonda katta o`rmon tomonda
……….. musiqa ostida o`rmon daraxtlarini bolajonlar ko`tarib chiqishib, o`rmon shaklini
hosil qiladi.
Tarbiyachi: O`rmon juda katta ekan. Unda ko`p hayvonlar, qushlar bo`lgan ekan. Bulardan
bo`ri, tulki, quyon, ayiq, olmaxon bo`lgan ekan.
Bolalar: Mana shu ertak qaxramonlari kiyimida saxnadagi o`rmonga musiqalar ostida kirib
keladilar. Bu qahramonlardan olmaxonlar savatchada yong`oq olib keladilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga olmaxonlar yong`oq olib kelibdi. Musiqa ostida olmaxonlar
bolajonlarga yong`oqlarni tarqatadilar. Bolalar hursand bo`lishadi. Qolgan bolalar ikki
guruhga bo`lindi.