Mening jonajon O`zbekistonim


Go`zaloy:  - Ustoz mening dadamlar ham o`z bog`larida turli xil uzum navlarini  yetishtiradilar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Go`zaloy: 
- Ustoz mening dadamlar ham o`z bog`larida turli xil uzum navlarini 
yetishtiradilar. 
 
Tarbiyachi: 
-Barakalla Go`zaloy, Kamoliddin ota, Olimjon ota kabi bog`bonlarimizni faqat 
Uzumzor ko`chasi emas, balki Andijonda ham juda yaxshi taniydilar. Aziz bolajonlar, biz o`z 
ko`chamiz bilan qanchalik faxrlansek arziydi.
Bolajonlar: -
Vatan so`zining ma’nosini bilasizlarmi 
Javoxir: 
- Men onajon Vatan arabcha so`z bo`lib, tug`ilgan joy degan ma’noni bildiradi.
Tarbiyachi: 
Kim Vatan haqida she’r aytib beradi. 
Muhammadaziz 
Vatanim onamdek, munis makonim 
Andozam olingan payvandi jonim 
Ona tilim, ota tarixim shonim 
Vatanim – g`ururim sha’nim, iymonim 
Kelajagi buyuk hur O`zbekistonim! 
Shu payt eshik ochilib guruhga sexrgar momo kirib keladi.
Tarbiyachi: 
- Assalomu alaykum buvijon hush kelibsiz 
Sexrgar momo: 
Va alaykum assalom xushvaqt bo`linglar. Sizlarning suhbatingizni eshitib, 
bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan deya kelaverdim.
Tarbiyachi: 
-Juda soz, qani davramiz to`riga marhamat qiling buvijon. Biz sizga go`zal va 
navqiron viloyatimiz Andijon haqida gapirib beramiz.
Qani Nigoraxon Andijon haqida she’r aytib bering. 
Nigoraxon: 
- Tuprog`ingda unib, kaftingda o`sdim 
Oftobim erkalab taftingda o`sdim 
Ildizin joningga, qoningga tutash. 
Sening shon shavkating shaxdingda o`sdim 
Otamga o`xshaysan jonim Andijon 
Onamga o`xshaysan jonim Andijon
Tarbiyachi: 
Barakalla Nigoraxon
Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go`zal Andijonimizga hech qachon ko`z 
tegmasin. Buyuk sarkarda, shoh va shoir bobomiz bir umr ko`rmoq ilinjida yashagan 
Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, insonlar, olimlar-u, hofizlar, shoirlar, qo`yingki 
buyuk Vatanimizni dunyoga bo`y cho`zilishiga hissa qo`shgan olim-u fuzalolar yetishib 
chiqqan viloyat hisoblanadi. Biz ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’at 
va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak.
Muhtaram Prezidentimiz 2018-yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida 
ular Andijon haqida shunday fikrlarini bildirgan edilar.
- Andijonning o`zini o`rni bor, bizning davlatimizda Andijonning o`zini yo`nalishi bir, 
bizning davlatimizda. Mening eng katta maqsadim Andijon har safargidek yuqori va birinchi 
o`rinlarda bo`lishi kerak , hamma soha bo`yicha. 


56 
- Andijonliklar bunga javoban o`z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan “labbay” deb 
javob beradilar.
Sexrgar momo: 
- Barakalla qizim, bu suhbatdan so`ng mening sizlarga yana havasim ortdi. 
Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko`tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi: 
- Onamdek ardoqli, azizsan Vatan 
Sen menga qadrdon tug`ilgan makon 
Men seni avaylab asrayman har chog` 
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog` 
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo`lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Tarbiyachi: 
Oyog`imiz taq-taq-taq 
Qo`limiz chapak-chapak 
Boshimiz sarak-sarak 
Qo`limizni ko`tardik 
Sekin yonga uzatdik 
Endi ehtiyot bo`lib 
Joyimizda aylandik 
Qo`lni pastka tushurdik 
Doira bo`ylab yugurdik 
Joyimizga o`tirdik 
Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak. 
Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin