3-bola: - Mashqda qiyin bo`lsa, jangda oson bo`lmaydi
4-bola: - Har bir askar – tinchlik posboni
Tarbiyachi: - Askarlar qanday texnikalardan foydalanadi?
Bolalar: - Raketa, samalyot, vertalyot, tank, yuk mashinalari.
Tarbiyachi: - Harbiy unvonlardan qaysilarini bilasiz?
Bolalar: -Oddiy askar, serjant,starshina,leytenant, kapitan, general, mayor, podpolkovnik,
polkovnik
Jismoniy daqiqa: Bir, ikki, uch (qo`llar oldinda, yuqorida, yonda)
Birlikdadur kuch (qo`llar bir biri ustida)
Bir, ikki, uch (qo`llar oldinda, yuqorida, yonda)
Bizga kerak yangi kuch (qo`llar yoyiladi)
Mana bolalar askarlar haqida ham ko`p malumotlar bilib oldik.
- Kelinglar bolalar hozir sizlar bilan “Chegarachi va chegara” mavzusida plastilindan
chegarachi itni yasaymiz. Bolalar biz o`z tana qismlarimizni bilamizhayvonlarni ham tana
qismlari bo`ladi. Biz itni qismlarga bo`lib yasaymiz.
- Bolalarni yasashga taklif qilish. Bolalar san’at faoliyati markazida askar va itni plastilindan
yasaydi. Bolalar ishlari tahlil qilinib faoliyat yakunlanadi.
37-Mavzu: 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni
Faoliyatning maqsadi: Tarbiyalanuvchilarga o`zbek milliy armiyasi haqida tushuncha
berish, milliy armiyamizga nisbatan g`urur hissini singdirish, askar akalarimizga bo`lgan
mehrni uyg`otish, ularga havas va hurmat qilishga o`rgatish, bolalarda Vatan himoyachisi
bo`lish tuyg`usini shakllantirish.
Bolalarga “Temurbeklar qasamyodi”ni yod oldirish, bolalarni sog`lom, baquvvat qilib
tarbiyalash, askarlarni fidoyiligini ulug`lovchi she’rlar o`rgatish. Ularda g`urur va iftixor
tuyg`ularini shakllantirish, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligini va
53
askarlar, Vatan posbonlariga bo`lgan mehrini uyg`otish, ularni havas va hurmat qilishga
o`rgatish.